Turkiy Guliston yoxud axloq

11.12.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/29/3b/4f/293b4fd4cf23f6587ad804d4a0b6f9.jpg


Turkiy Guliston yoxud axloq
Author: Abdulla Avloniy
Publisher: Turklib.uz
Publication date: 2007
Format / Quality: Pdf
Size: 537.19 Kb

Image

:
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston (Markaziy Osiyo) olkasida pedagogik fikrlarning rivojlanishida, xalq maorifi ishlarini yuksaltirishda ilgor ziyolilarning xizmatlari kattadir. Bunda jadid adabiyotining yirik vakili shoir, dramaturg, muallim Abdulla Avloniy (1878-1934)ning xizmatlari kop. U maktablar ochib, shaxsan ozi muallimlik qilish bilan birga maktablarni darsliklar bilan taminlash ishiga katta hissa qoshdi. Uning qalamiga mansub Turkiy Guliston yoxud axloq, Birinchi muallim, Ikkinchi muallim Maktab Gulistoni asarlari bir necha bor nashr etildi. Bular ichida Turkiy Guliston yoxud axloq asari ozbek klassik pedagogikasining ajoyib namunasi hisoblanadi.
Abdulla Avloniy mazkur asarni fors klassik shoiri shayx Muslihiddin Sadiy (1184-1310)ning Guliston asaridan tasirlanib, unga taqlid qilib yozganligi haqida shunday deydi: Ban bu asari nochizonami bir necha muallim birodarlarimning iltijolari ila yozmoq va nashr qilmoqga gayrat va jasorat qilmish edim. Alhamdu lilloh val minna ikkinchi tabihada muvaffaq oldum, chunki Turkiston maktablarida oz shevamizda (ozbek tilida demoqchi) yozilmish mukammal Axloq kitobining shunday asarga tashna va muhtoj ekanligi ozum muallimlar jumlasidan oldigimdan manga ham ochiq malum oldi. Shuning uchun kop vaqtlar tajriba songidan adibi muhtaram shayx Sadiy usulida yozmoqni, garchi ogir ish bolsa ham, ozimga muqaddas bir vazifa ado qilaroq bu kamchilikni oradan kotarmakni munosib kordim. Demak, aytish mumkinki, Turkiy Guliston yoxud axloq Sadiyning Guliston asari usulida ozbek tilida yozilgan axloq kitobidir.
Abdulla Avloniyning mazkur asari 1913 yilda Toshkentda Ilin bosmaxonasida litografik (toshbosma) usulida nashr etildi. Asar bunday darslikka bolgan ehtiyojni hisobga olib 1917 yilda ikkinchi marta chop qilindi. Har ikki nashr ham hajm jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Faqat birinchisi kotib Abdusalom Abdurahmon ogli, ikkinchisi kotib Abdul Mannon ibni Abdul Majid (ozbek milliy teatrining mashhur aktyori Mannon Uygur Majidov) dastxatidir.
Turkiy guliston yoxud axloq kitobi
Turkiy Guliston yoxud axloqning uchinchi nashrini 1967 yili Oqituvchi nashriyoti amalga oshirdi. Bunda asarda uchragan diniy iboralar, Hadisdan olingan hikmatlar davr talabiga kora tushirib qoldirildi.
Asarni Oqituvchi nashriyoti 1992 yil asli nusxa yozuvida (arab yozuvi asosidagi ozbek yozuvida) va rus alifbosi asosidagi ozbek yozuviga ogirilgan matni bilan birga, shuningdek, qiyin sozlar lugati ilova qilingan holda bosib chiqardi.
Turkiy Guliston yoxud axloqning qolingizdagi beshinchi nashri sobiq nashrlar ichida eng mukammalidir. Bunda kotib Mannon Uygur dastxati matnining faksimeli, lotin yozuvi asosidagi yangi ozbek yozuviga ogirilgan matni, qiyin sozlar lugati berilgan. Bundan tashqari Abdulla Avloniyning Birinchi muallim, Ikkinchi muallim Maktab Gulistoni asarlaridan tanlangan hikoya, sherlari ham ilova qilindi.
Kitobni nashrga tayyorlashda iqtidorli shogirdlarimiz Tavakkalova Dilnoza va Boboxonova Feruzalarning xizmatlari bor.
Asar keng kitobxonlar ommasiga moljallangan marifat darsligidir . Uning yoshlarning axloqiy tarbiyasida katta ahamiyatga ega ekanligiga ishonchimiz komildir.
Nashr haqida bildirilgan fikr-mulohazalar, istaklar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

Latif Xalilov


, , !

.

:

: 9570
:
  • 4

: