Shukur Xolmirzayev: Men o'sha Shukurman!"

05.12.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/b5/9a/51/b59a51a3c0bf9c5228fde841714f523a.jpg

Shukur Xolmirzayev: Men o'sha Shukurman!"
Publisher: "O'zbekiston adabiyoti va sanati" gazetasi
Publication date: 08 Iyun 2007
Suratda: Abdulla Qahhor, Shukur Holmirzayev, Ilyos Muslim, Qudrat Hikmat


Mashhur adiblarning oz kitobxonlari, ijodkor dostlari va shogirdlari bilan yozishmalari, ular qolida saqlanayotgan turli yillarga mansub maktublarning adabiyotimiz tarixidagi orni beqiyosdir. Ularda nafaqat u yoki bu adibning uslubi, biror masalaga munosabati, shu bilan birga maktub yozilgan davr nafasi, ijodkorning qaynoq hayot manzaralari ham betakror darajada aks etib turadi. Bu maktublar nafaqat adabiyotimiz tarixini tadqiq etuvchi olimlar uchun, balki ijodkorning jild-jild asarlarini qoldan qoymay oqiyotgan kitobxonlar uchun ham nihoyatda qadrlidir.
Mashhur adiblarning oz kitobxonlari, ijodkor dostlari va shogirdlari bilan yozishmalari, ular qolida saqlanayotgan turli yillarga mansub maktublarning adabiyotimiz tarixidagi orni beqiyosdir. Ularda nafaqat u yoki bu adibning uslubi, biror masalaga munosabati, shu bilan birga maktub yozilgan davr nafasi, ijodkorning qaynoq hayot manzaralari ham betakror darajada aks etib turadi. Bu maktublar nafaqat adabiyotimiz tarixini tadqiq etuvchi olimlar uchun, balki ijodkorning jild-jild asarlarini qoldan qoymay oqiyotgan kitobxonlar uchun ham nihoyatda qadrlidir.

Surxondaryo viloyatida chop etiladigan Boysun gazetasi xodimi Ismat Norboev yaqinda tahririyatimizga Ozbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzaevning bir maktubini yollabdi. Tugallangan yangi asariga oxirgi nuqtani qoyib, kindik qoni tomgan Boysunda tort-besh kun hordiq chiqarishni odat qilgan Shukur aka, bir gal safari qarib, Toshkentga jonayotganda:

Ismat, kop vaqtlardan buyon hikoyalaringizga kozim tushmadi. Yangilari bolsa bering, oqib bir narsa derman, deb qoldi, deb yozadi I.Norboev. Darhol ustozning qoliga bir dasta hikoyalarimni tutqazdim. Oradan kop otmay adibdan xat keldi. Ochib oqidim. Shukur aka xatini shunday boshlagan ekan:

Salom Ismatjon!

Qopqondagi boringizni hozir oqib chiqdim. Xudo haqqi, maza qildim. Tasviringiz ham, oylaringiz, holatlaringiz ham yaxshi! Borining qopqonni qatir-qutur qilib chaynashlari alo darajada tasvirlangan. Umuman, hammasi joyida. Tahriringiz ham yaxshi. Masalan, men nashriyotda muharrir bolib ishlagan kishi sifatida besh-olti yeriga qalam ura olishim mumkin. Maqtovlarimni togri qabul qiling... Shu yolingizni aslo yoqotmang, chalgimang adashasiz, bu qimmatga tushadi. Men ozim kop adashganman, uni faqat ozim bilaman meni ogohlantirib turadigan kishi bolmagan, xususan Sizning sharoitingizda bolganimda...

Ismatjon, hozir sezib qoldimki, uy tutunga tolib ketipti. Eshikni ochib, vodoprovodning shirillayotganini eshitdim. Jomragi buzilgan. Borib tuzatdimu, tagiga qoyib qoyilgan choy idishning suvga tolganini kordim, keyin, uni ariq labiga kuni kecha bozordan ellik tiyinga olib kelib ekib qoyganim, ozimizning atirgul (limonning hidini eslatadigan, gul ochmaydigan, ozimizda bogotlarda boladi-ku), oshaning tagiga qoydim. Ruhim kotarilib qaytdim... Hozir kayfiyatim shundayki, Siz bilan anchagina suhbatlashib olaman...

Asaringiz haqida davom etaman: xullas, hikoya menga juda yoqdi. Uni matbuotda chiqish kafilligi menda. Ehtimol, Gulistonning 7-sonlariga joylashtirarman.

Endi, masalan, tanqidiy fikrlarim umuman bitta: shundoq voqealar, hodisalarni tavirlaganingizda shunday qilingki, osha voqe va hodisalarga nisbatan oquvchida mehr uygonsin. Men, masalan, bori va borichalaringizni bir qadar yaxshi korib qoldim. Lekin bu kam. Sizdagi bu kamchilikning bitta chuqur ildizi bor, yani Siz tabiat va hayvonot dunyosini oddiy kishi sifatida yaxshi korib, shu bilan chegaralanib qolayapsiz... Bu ishning tagidagi falsafasiga etibor bermayapsiz. Yoki uni topishga urinmayapsiz. Mening nazarimda bu falsafa shundoq: tabiatni hayvonlarni, osimliklarni, hatto tuproq va jar-qirlarni ham hozir oz hollaricha saqlab qolish kerak bolib qoldi. Negaki, biz madaniy olam vakillari uni ozgartirdik, buzdik, qirdik. Uning taqdirini xavf ostida qoldirdik. Hatto, ozimiz nafas olib turgan havoni ham bulgab yubordik, zaharladik. Endi shularning hammasini saqlab qolishdek muhim vazifa kun tartibiga tushib qoldi! Shu maqsadda biz yozishimiz kerak, odamlarda bularga nisbatan chuqur MUHABBAT uygotish, uning taqdiridan tashvishlanish, ozimiz shu tabiatning bir bolagi ekanimizni ularga singdirishimiz kerak...

Tabiatdagi hamma-hamma narsa, hamma gozalliklar oz holicha saqlanib qolishi kerak!

Men Sizga bir misol aytaman: burgutlarni hammamiz bolalikdan yirtqich qush deb, uni oldirish goyo savob ish deb organganmiz va hokazo. Umuman, yirtqich deb atalmish jonivorlarga shunday munosabatda tarbiyalanganmiz. Lekin buni qarang, yaqinda bir hodisa yuz beribdi: Volga daryosi boyida 25 mingdan ortiq galati, qora parrandalar paydo bolibdi. Ular shu qadar bezbet va olimtik ekanlarki, sohilda ovqatlanib otirgan kishilarning ham dasturxonidagi narsalarni olib qocha boshlabdilar. Ularni haydab, quvib, yoqotib bolmasmish... Nega bunday boldi? Bu parrandalar nega favqulodda paydo bolib qolishdi? Keyin malum bolibdiki, shu atrofda bitta ham burgut qolmagan ekan: aholi butgutlarni yirtqich qushlar deb qirib tashlagan ekan. Burgutlar esa bu qora, galati mahluqlarni bu tevarakka yolatmas ekanlar...

Kordingizmi tabiatdagi mutanosiblikni! Demak, burgutlar ham kerak ekan, ularni ham sevmoq, asramoq, himoya qilmoq kerak ekan. Ularning yetkazgan zararidan biz bilmaydigan foydalari yuz chandon kop ekan. Tabiat bekorga ularni yaratmagan! Chuqur qonuniyatlari bor tabiatning, masalan, bizning burnimiz va qulogimiz garchi basharamizdan ortiqcha bolib chiqib tursalar-da, ular organizmimizga mutlaqo zarur ekanlaridek!..

Men istardim, Sizning bu boradagi keyingi ijodingizda shu gozal falsafa bir dasturilamal bolsa. Fuqarolik burchi ham shunda, Vatanni sevish ham shunda!

Nazarimda, Sizga faqat shu falsafa yetmay turibdi. Balki buni bilarsiz. Ammo uni harakat oqiga aylantirish ham kerak...

Endi sizga zakazlar ham qilmoqchiman: aytib qoyishim kerak, yuqoridagi falsafaga Guliston ham qattiq amal qiladi. Bizga maqolalar bilan ham qatnashishingizni istar edim. Aytaylik, bitta bogni vayron qilib, ornini tantsa maydoni qildilar: ellik tup orik qirqildi, tsement zavodi qura boshladilar xuddi qishloqqa yaqin yerda, ariqlarga axlat tokib, suvni iflos qildilar, va hokazo hokazolar...

Siz bular haqida yuqoridagi pozitsiyada turib nima yozsangiz, Guliston bosib chiqaradi, Sizni himoya qiladi. Unutmang...

Xop, bas qilaman endi.

Ismatjon, kam yozyapsiz. Koproq yozish kerak. Shart emas bunaqa qiziq voqealarning bolishi! Tabiatdagi oddiy bir voqeani ham real koz bilan, real pozitsiyada turib yozsangiz, u kashfiyot darajasida chiqishi mumkin...

Jurnaldagi ishim: Gulistonning prozasiga ozim mutasaddiman. Keyin, Buyuk siymolar va Tabiat va Odam nomli rubrikani ham boshqarishni menga yuklab qoyishgan...

Aks sado yana sadoligicha qoldi. Otkinchi degan yangi povest yozib tugatdim. Jurnalda oqishyapti. Nazarimda, ancha sodda, ammo pishiq narsa... Drujba narodov jurnalining 6-sonida chiqadi, degan xat oldim. Rasmimni ham sorashipti. Muqovada berisharkan... Korib turibsiz, ishlarim durust. Tolqinlar bilan birgalikda Moskvada kitob bolib chiqishini ham eshitgandirsiz. Tiraji 65000... Bu haqda Toshkent oqshomining 7 aprel sonida Poytaxt nashriyotlarida degan maqolada gapirildi...

Ismatjon, hozir konglim galati bolib ketdi. Rosti gap, men kambagalman-a, Ismat. Xaltura qilishga qolim bormaydi. Yaxshi yozishga urinaman, ammo atdachasi kam...

... Xullas, shunaqa gaplar.

Aytmoqchi, men ertaga Surxondaryoga uchib ketishim kerak. Jurnal 15 kunlik komandirovkaga jonayotgan edi. Hamma narsam taxt edi. Qurib ketsin, pasportimning muddati otib ketgan ekan... Bilib qoldim militsiyaga propuska uchun borganimda... Surxondaryoga bagishlangan sahifa chiqishi kerak edi. Boysunda ham ikki kun bolardim... Hozir Nematni esladim (Ramazonovni). Yaxshi koraman. Ismatjon, Sizga aytsam, unaqa yigitlar, dost manosida kam topiladi. Men uni kop sinaganman... Men yozish-chizish kochasiga kirmasimdan burun uni taniganman...

Sulton qalay? Xat oldim. Durust javob yozaman degandim. Yozolmadim. Chunki u shundoq katta va qopol bolgani bilan, sizlar uni yaxshi bilmaysizlar, u kop nozik yigit...

Tilloga ayri salom ayting. Soginibman darrov. Yaqinda korgan edim. Xotini betob deb eshitdim. Xafa boldim.

Matlabjon qalay? Kim qoldi yana? Ismatjon.

Men sogman deyarlik. Onda-sonda jigar ogrib turadi. Hamon parhezdaman. Avgustda rozamni ochaman.

Bopti endi. Xayrlashaylik, Ismatjon. Mana anchagina suhbatlashdik. Men anchagina chuchmal gaplar ham qildim. Ularga parvo qilmang. Men osha, osha Shukurman...

Xayr. 19 aprel 1967 yil.

TAHRIRIYATDAN:

Sevimli adibimizning endilikda tarix mulkiga aylangan ushbu maktubini elon qilar ekanmiz, uni kop yillardan buyon asrab kelayotgan va benihoya bir lutf bilan tahririyatimizga yollagan boysunlik Ismat Norboevga gazetxonlarimiz nomidan minnatdorlik bildiramiz.

:

: 6859
:
  • 5

: