Realistik tasvir qudrati - Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asari haqida suhbat - 2007

09.03.09 | Xurshid


http//photoload.ru/data/29/7b/63/297b631a88835f8931aa5aabdd06ece9.jpg

<b>Realistik tasvir qudrati - Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" asari haqida suhbat - 2007</b>
Author: Umarali Normatov,O'tkir Hoshimov
Publisher: www.qodiriy.edunet.uz - 2007
Size: 252.34 Kb
Language:Uzbek/Lotin

Цитата:


Realistik tasvir qudrati

(Yozuvchi O'tkir Hoshimov va tanqidchi Umarali Normatovning "O'tgan kunlar" asari yuzasidan suhbatlari)

Tanqidchi. Adabiyot tarixida shunday ijodkorlar borki, vaqt o’tgan sari ular yaratgan asarlarningqadr-qimmati tobora oshib boraveradi. Ulug’ adib Abdulla Qodiriy ana shunday ijodkorlardan. Yozuvchining ilk romani “O’tgan kunlar” kitob holiday bosilib chiqqaniga, mana yetmish yil bo’lyapti, ammo bu asarga qiziqish also susaygani yo’q.
Adabiyot tarixida qiziq paradokslarga duch kelamiz. Shunday kitoblar bo’ladi, ular o’z vaqtida katta shuhrat qozonadi, atrofida shov-shuvlar ko’tariladi, biroq ko’p vaqt o’tmay, sedan chiqib ketadi. Yana shunday kitoblar bo’ladiki, o’z vaqtida tan olinmaydi, lekin vaqt o’tishi bilan, baribir, ular haqiqiy bahosini oladi.
Yozuvchi. Adabiyot tarixida boshqacha paradokslar ham bor. Shunday asarlar uchraydiki, kitobxon ularni qabul qilmaydi, qilolmaydi. Muallif “noshukur” o’quvchidan ranjib, meni kelajak avlod tushunadi, deb umid qilib yuradi-yuradi, ammo kelajak avlod ham tan olmaydi. Buning sababi ayon: aslida o’sha asarning o’zi bo’sh, g’oyaviy-badiiy jihatdan ojiz bo’ladi.
Tanqidchi: Abdulla Qodiriyning baxti shundaki, uning asarlari, xususan, “O’tgan kunlar” yaratilgan paytida ham, bugungi kunda ham birdek mashhur, qadrli.
Yozuvchi: “O’tgan kunlar” chin ma’noda buyuk roman bo’ldi. Bir qalamkash ijodkor sifatida shunga aminmanki, oddiy kitobxon aqalli to’rtta she’rini yod olib yurmagan shoir-shoir emas. Oddiy kitobxon roman yoki qissasini o’qib, aqalli to’rttagina qahramonning qismatini boshqa birovga hayajonlanib aytib yursa, shu qahramonlar bilan o’zini do’st tutsa, o’sha yozuvchi-yozuvchi. Holbuki, yigirmanchi, o’ttizinchi yillarda o’z o’g’liga Otabek, qiziga Kumush ismini qo’ygan odamlar ko’p bo’lgan. Bunaqa ota-onalar hozir ham tez-tez uchrab turadi. Yozuvchi uchun bundan katta baxt yo’q.

Davomini ko'chirib oling


<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>


Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 15507
Рейтинг:
  • 4

Реклама от партнеров: