G'azallar va ruboiylar

19.11.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/20/8e/43/208e43f0e45c4c78cafadb83d2888cb6.jpg

G'azallar va ruboiylar
Muallif: Mirzo G'olib
Tayyorlagan: TurkLib
E-shakli: Rar
Hajmi: 100 kb
O'zbek tilida
:
Ozining beqiyos ijodi bilan urdu adabiy tiliga asos solgan va hind sheriyatining mumtoz davrini yakunlagan, ham Pokiston, ham Hindistonning faxru gururiga, har ikki millatning timsoliga aylanib ketgan otashnafas shoir Mirzo Asadulloxon Golib asli turkistonlik ozbeklarning oybek urugidan bolib, uning bobosi Mirzo Qoqonbek Samarqand amirzodalaridan bolgan otasi Tursunxon bilan arazlashib, XVII asr ortalarida Hindistonga borib qoladi. Mirzo Golib ana shu kishining ogli Abdullabek va Buxorodan Hindistonga kelib qolgan Xoja Gulom Husaynning qizi Izzatunnisodan Agra shahrida tugiladi. Malum boladiki, hind zaminida tugilgan bolishiga qaramay, Mirzo Golib ota tomonidan samarqandlik, ona tomonidan esa buxorolik. Binobarin, uni nafaqat hind va urdu, balki ozbek xalqining ham shoiri deyishga haqlimiz.
Malumki, Hindistonda yashab ijod etgan mashhur fors-tojik shoiri Xusrav Dehlaviyning kelib chiqishi ham asli Shahrisabzdan bolib, ozbeklarning lotin urugidan edi. Shuni nazarda tutib, Mirzo Golibga zamondosh bolgan shoir Nayyar yozgan edi: Hindistonda fors sheriyati lotin urugidan bolgan turkdan boshlanib, oybek urugidan bolgan turkda nihoyasiga yetdi.
Mirzo Golib nazm bilan birga nasrda ham qalam tebratgan. Uning Dastanbu, Mehri nimroz, Panji ohang kabi asarlari urdu adabiyotining noyob durdonalari hisoblanadi. Mirzo Golib Soib Tabriziy, Mirzo Bedil kabi buyuk salaflariga ergashib, sabki hindiy hind uslubida ijod qilgan. Bu uslubda yozilgan sherlarning badiiy jihatdan pishiq, mazmunan teranligi bir necha mano qatlamiga egaligi malum. Shuning uchun ham ularni tushuntirish uchun qator-qator sharh kitoblari yaratilgan Shuning uchun ham ularni boshqa tillarga tarjima qilish qiyin. Golibni suxanvarlik bostonining bulbuli va mano shakkaristonining totisi, deb lutf etadilar. Urdu munaqqidi Abdurahmon Bijpuriyning yozishicha, Hindistonda eng oqimishli kitoblar bu muqaddas Veda va Mirzo Golibning devoni hisoblanadi.
XX asrda Mirzo Golibning shuhrati butun dunyoga yoyildi. Bugungi kunda shoir asarlari nashr etilmagan, uning nomini bilmaydigan xalqlar juda oz. Dehli, Aligarh, Haydarobod, Lohur va Karachi shaharlari bu zabardast soz sanatkori ijodini organishda yirik markazlar bolib kelmoqda. Hindiston hukumati, shaxsan Indra Gandi tashabbusi bilan Dehlida tashkil etilgan Golib uyi va Golib akademiyasidagi kitob javonlari jahonning turli mamlakatlarida chop etilgan shoir haqidagi risolalar va asarlarining turli tillardagi tarjimalari bilan tola.
Ozbek tilida Mirzo Golibning Shaydo (1965) va Gazallar (1975) toplamlari nashr etilgan. Shoir sherlarini urdu va fors tillaridan Yongin Mirzo, Rahmonberdi Muhammadjonov, Mirtemir, Vasfiy, Chustiy, Shoislom Shomuhamedov, Sulton Qoqonbekov, Hamid Gulom, Polat Mominlar tarjima qilishgan.


:

: 6328
:
  • 3

: