Har kun - o'tgan kunning davomi

11.11.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/8f/7d/80/8f7d807e1f53eff5f9efbe5cb81090fb.jpg

<b>Har kun - o'tgan kunning davomi</b>
Автор: Omon Muxtor
Жанр: She'riyat/Поэзия
Дата издания: 'Tafakkur' jurnali,2007
Формат / качество: Pdf
O'zbek tilida/На узбекском языке

Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida tug'ilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika bo'limini tugatgan. Bolalar gazetasi, O'zbekiston radiosi, Kino qo'mitasida ishlagan. Adabiyot nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan «Sharq yulduzi» jurnalida ishlagan.
O. Muxtorning «Yog'du» (1979), «Marvarid» (1985), «Shiddat» (1990) va boshqa she'r to'plamlari, tarjima kitoblari bosilgan. Bundan tashqari kattalar va bolalarga mo'ljallangan yangi ertaklar, xayoliy manzaralardan iborat bir necha kitoblari ham nashr etilgan. Adib qator hikoyalar va qissalar kitoblari muallifi, «Nigoh» (1968), «Qushlar va tushlar» (1971), «Shaharlik kelinchak» (1973), «Vazifa» (1988), «O'lmagan jon» (1995) singarilar shular jumlasidan.
Omon Muxtor dastlab «Yillar shamoli» (1976) va «Egilgan bosh» (1989) degan ikki roman e&#700;lon qildi. Bu romanlar keyinchalik «[[Buxorolik bir yigit]]» (1998) va «O'lmagan jon» (1995) kitoblarida qayta nashr etildi. Yozuvchining shundan so'ng «To'rt tomon qibla» trilogiyasi («Ming bir qiyofa», «Ko'zgu oldidagi odam», «Tepalikdagi xaroba» romanlari) (2000) bosildi. U yana «Ffu», «Ayollar mamlakati va saltanati» (1997), «Aflotun» (1998), «Maydon» («Sharq yulduzi» jurnali 2001 yil 1-son) romanlarini yozdi. Dastlabki ikki romani ma'lum darajada an'anaviy uslubda bo'lsa, keyingi romanlar o'z shakli va yo'nalishi bilan butunlay yangichadir. Ular asosan, o'zbek xalq ertaklari, qissalari, dostonlari va afsonalariga suyangan holda, bu kungi inson hayotini aks ettirish bilan birga, uning xayol olamiga, ruhiyatiga sayohatni eslatadi. Adib ijodiga xos bo'lib kelgan falsafaga moyillik bu romanlarda bo'rtib ko'rinadi. Inson qismati ham, uning ruh olami ham naqadar murakkab ekanligini aks ettiradi.

<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
</div>
</div>


Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 6468
Рейтинг:
  • 5

Реклама от партнеров: