Abdulla Qahhor:Hikoyalar va hikmatlar

27.11.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/7d/60/44/7d6044e95a16761171b130dcb476a43e.jpg

Hikoyalar va hikmatlar
Author: Abdulla Qahhor
Publisher: Greylib.uz/Turklib.uz
Format / Quality: Rar/ Pdf
Size:285 kb

Abdulla Qahhorning 100 yilligi munosabati bilan O'zbekistonda chiqarilgan pochta markalari


http//photoload.ru/data/ac/79/6a/ac796a52db3f16bbdb65d3d89d1c5a.jpg

http//photoload.ru/data/da/a9/6d/daa96d9681a214472454cbddf0cac1.jpg


Öèòàòà:
Abdulla Qahhor – o’zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biri. Uning ijodiy merosi XX asr o’zbek adabiyoti rivojida katta o’rin tutadi. 61 yil umri davomida 40 yildan ortiq umrini ijodga bag’ishladi.
U ko’plab hikoyalar, qissalar, dramalar va romanlar yozdi. O’z vaqtida uning asarlari O’vropa va Osiyo mamlakatlarining tillariga ko’plab tarjima etilar, qo’shni o’lkalarda keng tarqalar edi. Shu tarzda Abdulla Qahhor o’zbek adabiyotining xalqaro miqyosida shuhrat qozonishida ham katta xizmat qildi. O’zbek adabiy tilining rivojiga qo’shgan hissasini alohida ta’kidlash kerak.
Abdulla Qahhor 1907 – yil 17- sentabrida hozirgi Xo’jand viloyatining Asht tumanidagi qishloqlardan birida tug’ilgan. Otasi Abduqahhor temirchi usta bo’lgan. Abdullaning bolaligi Nursux, Qudash, Buvayda, Tolliq, Olqor. Yulg’unzor, Oqqo’rg’on kabi Qoqon atrofidagi qishloqlarda kechdi.
Abdulla 10 yoshida Buvaydadagi eski maktabda o’qidi, oila Oqqo’rg’onga ko’chgach, maktabda qo’qonlik Muhammadjon qori maktabida geografiya, tabiiyot, matematika kabi ilmlarni kam o’qitgan. Ayniqsa shogirdlarida Sharq adabiyotiga qiziqish uyg’otishga uringan. Shu sababli bo’lsa kerak, Abdulla umrining oxirigacha Sa’diy, Xayyom, Hofiz, Bedil, Lutfiy, Navoiy, Bobur, Nodira asarlarini qo’ldan qo’ymadi.
1917-yili A.Qahhor oilasi Qo’qonga ko’chadi. U yerda yangi ochilgan “Istiqlol” maktabida o’qiydi. Bu maktab internatga aylantirilsa ham shu yerda o’qib, adabiyotga qiziqishi ortadi.
1922 – 29-yillarda Qoqon pedtexnikumida o’qidi. Pushkin, Gogol, Turgenov, Tolstoy asarlaridan xabardor bo’ldi. “Bilim yurti” devoriy gazetasida she’r, maqolalari bilan qatnashdi.
1923 – yil dekabr oyida “Mushtum” jurnalida birinchi feletoni bosildi.
Respublika matbuotida “Gulzor”, “Yalangoyoq”, “Norin shilpiq”, “Mavlon kufur”, “Nish” taxalluslari bilan feleton, hajviy she’rlar, hikoyalar e’lon qildi.
18 yoshida Respublika gazetasida bo’lim mudiri bo’lib ishladi.
20 – yillarda hikoyachilik janrida o’zini sinab ko’rdi.
1932 – yili “Qishloq hukm ostida” birinchi kitobi dunyo yuzini ko’rdi. So’ng “Olam yasharadi”, “Tangrining kulgisi” hikoyalar kitoblari chop etildi.
30 – yillar boshida O’rta Osiyo Davlat Universiteti pedogogika fakultetida o’qiydi. Til va adabiyot institutining aspiranturasiga kiradi.
Qisqa muddatda M.Gorkiyning “Olovli o’t”, A.Serafimovichning “Temir oqim” yirik asarlarini tarjima qildi.
1930-yil 23 yoshida “Sarob” romanini yozdi. Bu asar 1934 yili o’zbek prozasining cho’qqi asarlaridan biri sifatida baholandi.
1930-yil o’rtalarida hikoyachilik san’ati barq urib gulladi.
A.Qahhor hikoyalarini mazmuni va janr xususiyatlariga ko’ra 2 turga (guruhga):
1.O’tmish haqidagi hikoyalar
2.Hikoyalarining bosh qahramonlari: zamondoshlarimiz.
Yaqin o’tmishdagi o’zbek voqeligi “Anor”, “O’g’ri,” Bemor”, “Tomoshabog’” kabi hikoyalarida aks etadi.
O’tmish mavzusida “Dahshat” hikoyasini yaratdu. “O’tmishdan ertaklar” qissa deb atalgan bo’lsa-da, mohiyat-e’tibori bilan ayrim-ayrim hikoyalardan tashkil topgan.
“Bemor” hikoyasi hajmi kichkina hikoya. Undagi voqea ham oddiy – Sotiboldining xotini og’rib qoldi-yu, vafot etadi.
San’atkorning sehrli qalami ostida betob bo’lgan odam va o’lim shunday tasvirlab beriladiki, uning o’limi ijtimoiy adolatsizlikning, tengsizlikning, qashshoqlikning qurboni.
Hikoya cho’qqi nuqtasida onasining jonsiz jasadi yonida ma’sum go’dakning uyqusirab “Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin” deb qilgan iltijosi bizga go’dak qalbining nidosi emas, insonni shuchalar xos etgan, tilsiz, notavon qurbonga aylantirgan, uni xurofot va bid’at chilvirlari bilan bo’g’ib tashlagan dunyoga qarshi yuragimiz qa’ridan chiqqan la’nat nidosidek tuyuladi.
Abdulla Qahhorning o’tmish haqidagi eng barkamol hikoyalaridan biri “Dahshat”dir.
Hikoya o’zbeklar o’rtasida ancha keng tarqalgan oddiy bir latifa asosida qurilgan. Biroq yozuvchi iste’dodining kuchi bilan bu latifaga favqulodda hayotiy mazmun baxsh etadi.
“Dahshat”ning o’tmish haqidagi boshqa hikoyalardan farqi, adib adolatsizlik va tengsizlik qurbonlarini, ojiz, notavon, mute’ odamlarni emas, o’z haq-huquqi, erki uchun jur’atsizgina bo’lsa-da kurash yo’liga kirgan, bu yo’lda har qanday dovyurak odamni ham dahshatga soluvchi qabriston vahimasidan cho’chimagan, nihoyat bu yo’lda qurbon bo’lgan Unsinni qahramon qilib olgan.
Unsin – Olimxon dodhoning sakkizinchi xotini. U eng kichik, eng suyukli xotin. Biroq Unsin uchun bu xonadon go’ristondan ham xunukroq va dahshatliroq ko’rinadi. Bu xonadondan qutulish uchun o’zining Ganjiravoniga ketishga ahd qiladi va kurashda halok bo’ladi.
Hikoyaning ajoyib tomonlaridan biri shundaki, undagi Unsin xarakteri psixologik jihatdan chuqur dalillangan – voqealar tabiiy ravishda biri birining ichidan chiqib kelaveradi “lekin ular bir-birlari bilan tutashib, yaxlit uzilmas zanjirni tashkil etadi.
Bundan tashqari “Xotinlar”, “Asror bobo”, “Beshik”, “Mahalla”, “Nurli cho’qqilar” hikoyalarini yozdi.
A.Qahhor dramaturgiya sohasida ham barakali ijod etdi.
1949-yili “Shohi so’zana”;
1954-yil “Og’riq tishlar”;
1962-yil “Tobutdan tovush”
“Ayajonlarim” kabi komediyalari bunga misol bo’la oladi. Uning asarlari sahna yuzini ko’rdi.
1958 – yilda “Sinchalak” o’zbek tilida e’lon qilindi..
Abdulla Qahhor oz umr ko’rdi – u 1968- yil 25 – may kuni vafot etdi.
Undan meros sof asarlar – ularning ko’pchiligi adabiyotimiz xazinasiga kirdi.
A.Qahhor chinakam san’atkor adib va barkamol inson edi.
Abdulla Qahhor adabiyotda umrboqiy asarlar qoldirdi.


Ïîäåëèòåñü çàïèñüþ â ñîöñåòÿõ ñ ïîìîùüþ êíîïîê:

Ïðîñìîòðîâ: 16497
Ðåéòèíã:
  • 4

Ðåêëàìà îò ïàðòíåðîâ: