Uchqun Nazarov. Chayon yili. Roman

<b>Chayon yili. Roman / Чаён йили.Роман</b>
Author: Uchqun Nazarov / Учқун Назаров
Publisher: Toshkent.,G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti
ISBN-10: 5635006647
Publication date: 1990
Number of pages: 240
Format / Quality: PDF
Size: 12,4 Мb
Language: Uzbek / Ўзбек
Цитата:UCHQUN NAZAROV
Uchqun Nazarov ko‘p qirrali ijod sohibi. U ham adib nosir, kinodramaturg, kinorejissor 1934 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, Toshkent teatr va rassomchilik oliy bilimgohishgag rejissyorlik bo‘limida tahsil olgan.
Avval Qo‘qon shahridagi Hamza drama teatrining bosh reyissyori, hozirgi kungacha esa «O’zbek film» kinostudiyasining yetakchi mutaxassislaridan bo‘lib faoliyat ko‘rsatib keladi.
Uning adib sifatidagi ijodining boshlanpshi 60-yillarga to‘gri keladi. U o‘zining dastlabki «Odamlar» (1961) hikoyasi bilan keng kitobxonlarga, ustozlarga tanilgan. Ulkan adib Abdulla Qahhor o‘sha yillarda yozuvchi O’lmas Umarbekovning «Boboyong‘oq» hikoyasi bilan Uchqun Nazarovning mazkur «Odamlar» hikoyasini yoshlarning eng yaxshi asarlari qatoriga qo‘shgan edi. Shundan buyon adibning «G’urur» (1965, hikoyalar), “Jur’at” (1977, qissa va hikoyalar), «Sadoqat» (1965), “Listopad» (1976,) Moskvada rus tilida nashr etildi. Shuningdek, adibning «Vernost» (M., 1987, rus tilida) hikoya va qissalaridan iborat nasriy asarlari to‘plami chop etildi. Uchqun Nazarov o‘zining “Iqror», «Odamlar», «G’urur» kabi hikoyalari bilan keng kitobxonlar orasida munosib obro‘ topdi. Nasr sohasidagi uning so‘nggi va eng yirik asari «Chayon yili» romani ham o‘quvchiga manzur bo‘ldi.
Ma’lumki, Uchqun Nazarov bir qancha sahna asarlari ham yaratgan bo‘lib, ular orasida «Oina» (1987) dramasi shuhrat topdi va Hamza nomli drama teatrida sahnalashtirildi.
U kinorejissyor, kinostsenarist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Ayniqsa, uning — «Surayyo», «Siz va yigit», «Shiddat», «Alangali sohil» va uch bo‘limdan iborat «Qo‘qon voqeasi» kabi badiiy filmlari elga, tomoshabinga manzur bo‘lgan. Ana shu so‘nggi filmi uchun unga 1977 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan. U «O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” hamdir. Eng muhimi, ijodkor qaysi janrda, qanday mavzuda asar yozmasin, hamisha insoniylikni ulug‘lashga, ular o‘rtasidagi mehr-oqibat va sadoqatni ehtiyot qilishga, o‘zaro birbiriga muruvvatli, shafqatli bo‘lshnga chorlab keldi. Xuddi shu hol u yaratgan qahramonlarning ma’naviy-axloqiy butunligini ta’minladi.
<img src="http://photoload.ru/data/ee/06/66/ee066616948f54fc9f1986eb15b15777_pv.jpg" alt="Image"/><img src="http://photoload.ru/data/8b/67/2d/8b672d13ceef27c379f60d6a4a3129ef_pv.jpg" alt="Image"/>
<div align="center">Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Password: turklib</div>
Remarks: Kitobning elektron nusxasi www.ziyouz.com tomonidan tayyorlangan
Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:
