Turg'un Alimatov - Buyuk kuylar - Birinchi albom

04.12.12 | yabgu


http//photoload.ru/data/04/2d/fb/042dfb1afe02ef2bf9255c8e5412f022.jpg


<b>Buyuk kuylar- Birinchi albom</b>
Author:Turg'un Alimatov
Publisher: Turklib.uz
Publication date: 2008
Format / Quality: MP3
Size: 57,3 mb

http//photoload.ru/data/b8/ae/9b/b8ae9bac88c2c82c44e1360d0edafb66.jpg

Цитата:
Turg’un Alimatov 1922 yilning 20 yanvarida Toshkent viloyatining Keles qishlog’ida tug’ildi. 1937-40 yillarda u Toshkent pedagogika institutining ishchi fakulteti qoshidagi musiqa to’garagiga qatnashib, sozandalik sirlarini egalladi.

U Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi janglarda qatnashdi. So’ngra Yosh tomoshabinlar teatrida, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatrida, ko’p yilllar davomida O’zbekiston radiosi huzuridagi Xalq cholg’ulari orkestrida sozanda sifatida xizmat qildi.

T.Alimatovning mehnat faoliyati 1970 yildan boshlab Maqom ansambli bilan bevosita bog’liq holda kechdi. Ushbu ijodiy jamoa a’zosi sifatida u bebaho ma’naviy boyligimiz bo’lmish Shashmaqom turkumidagi, Farg’ona-Toshkent yo’lidagi noyob maqom namunalarining milliy musiqa xazinamizning oltin fondi uchun yozib olinishida alohida jonbozlik ko’rsatdi.

Sozandalik borasida o’zining betakror uslubiga ega bo’lgan Turg’un Alimatov tomonidan yuksak mahorat bilan ijro etilgan “Dutor navosi”, “Tanovar”, “Chorgoh”, “Munojot”, “Navro’zi Ajam”, “Buzruk”, “Kuygay” kabi mumtoz musiqa namunalari xalqimiz qalbidan chuqur joy egalladi.

Atoqli san’atkor qariyb chorak asr davomida O’zbekiston davlat konservatoriyasida talabalarga saboq berib, o’nlab iste’dodli shogirdlar tayyorladi.

Ustoz san’atkor o’zbek musiqa san’atini chet ellarda keng targ’ib etishga ham katta hissa qo’shdi.

T.Alimatovning milliy musiqa san’atimiz an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish yo’lidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, u “O’zbekiston xalq artisti” yuksak unvoni hamda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan edi.

<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib


Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 4477
Рейтинг:
  • 3

Реклама от партнеров: