Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar

04.04.13 | yabgu


http//photoload.ru/data/3c/be/99/3cbe996770fa66bf58a031e908465de1.jpg


<b>Tanlangan asarlar</b>
Author: Mahmudxo'ja Behbudiy
Publisher: Toshkent: Ma'naviyat
Publication date: 1997
Number of pages: 216
Format / Quality: PDF
Size: 13,5 Mb
Language:Uzbek

http//photoload.ru/data/f6/b1/86/f6b186044ad100286a92c203a125bdd6.jpg

:

Mahmudxo&#699;ja Behbudiy


Mahmudho&#699;ja Behbudiy (18751919) Behbudiy Turkistonda jadidchilik harakatining rahnamosi. Yoshligida tog&#699;asi Muhammad Siddiq huzurida ta&#700;lim olgan. Keyinchalik mirzalik vazifasida ishlab, so&#699;ngra muftiylik lavozimiga o&#699;tadi.

Behbudiy Turkistonda jadid maktablarining tolmas targ&#699;ibotchisi va tashabbuskorlaridan biri. Turkiy va fors-tojik tilidagi Risolai jug&#699;rofiyai umroniy, Risolai asbobi savod, Kitobat ul-atfol, Tarixi islom kabi maktab kitoblari muallifi.

Behbudiy birinchi o&#699;zbek dramaturgi va teatr arbobi. Padarkush pesasini yozdi va bu asar Samarqand (1914 15 yanvar), Toshkent (1914 27 fevral)da (Turon truppasi) sahnalashtirildi.

Behbudiy publitsist sifatida 1901 yildan boshlab Turkiston va hatto undan tashqaridagi ko&#699;plab matbuot namunalarida 300 dan ortiq maqolalar e&#700;lon qilgan.

1919 yilda Buxoro amiri va rus sovet chekasining xodimi yordamida Qarshida qo&#699;lga olinib, qatl etilgan. Qarshi shahri 19261937 yillar davomida Behbudiy nomi bilan atalgan.

Nashr qilingan adabiyotlar


Behbudiy. Padarkush. Sharq yulduzi jurnali, 1989, 7-son.
Behbudiy. Ehtiyoji millat. Sovet O&#699;zbekistoni gazetasi, 1989.
Behbudiy. Bayoni haqiqat. Fan va turmush. 1992, 5-son.
Behbudiy. Yoshlarga murojaat, Ikki emas, to&#699;rt til lozim. Tafakkur jurnali, 1994, 1-son.
Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: Ma&#700;naviyat, 1997, 1999.(ikkinchi nashri)

Ilmiy adabiyotlar


O&#699;zbek sovet entsiklorediyasi. 2-jild. T., 1979.
Qosimov S. Behbudiy va jadidchilik. O&#699;zbekiston adabiyoti va san&#700;ati, 1990 yil 19, 26 yanvar.
Qosimov B. Karvonboshi. Yoshlik jurnali, 1990 yil, 1-son.
Aliev A. Mahmudxo&#699;ja Behbudiy. T., 1994.
Ahmedov S. O&#699;limdan qo&#699;rqmagan mutafakkir. Sovet O&#699;zbekistoni san&#700;ati, 1989, 2-son.
Rizaev Sh. Padarkush yohud Samarqand tarixidan lavhalar". Vatan gazetasi, 1994, 39-son.

:

Turkiston tarixi kerak

Mahmudxoja Behbudiy

Tarix kop ahamiyatli va foydali bir narsadur. Tarixning foydalaridan bazisi ushbudurki, bir millatning na tariqada, qaysi yol ila taraqqiy etganin oqib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munkariz bolub ketganin oqub, mundan ham istifoda etmak mumkindur. Shuning uchun bizning oz shevamizda Turkistonda otgan bobolarimizning maishiy, siyosiy ahvoliga doyir Turkiston tarixi bor bolgonda, oni koz oldimizda qoyub, burungi qahramon bobolarimizning na yol ila taraqqiy va madaniyat davriga kirub va nima sababdan oxiri munkariz bolub ketganlarini oqub, bilub, xeyli ibrat olar eduk.

Oshandoq hozirgi holimizni bobolarimiz davridagi hollarga bir daraja muqoyasa etmak ila barobar oz-ozimizdan bir infioli daruniy* his edub, yuzlarimiz qizarar edi. Xolo, biz turkistoniylar marhum bobolarimiz ahvoli ham Turkiston voqeoti tarixiyasidan butun gofil va bexabardurmiz. Chunki, hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgon, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudga kelgan yoq. Togrisi, munday tarix yozuvchi kishi turk oglonlaridan hanuz maydonga chiqgon yoqki, bu esa turk bolalarining noxalaf bolub, chin ogul emasliklariga dalildur. Bu sozlardan tarixsizligimiz anglashilmasun. Bizning tariximiz bor.
Burungi asrlarda Turkiston va turklar voqeoti va ahvoli haqinda turkiy, forsiy va arabiy tillarda necha kitoblar yozilgandurki, u kitoblardan rus va boshqa yevrupoyilar istifoda etgan va etmakdadurlar. Lekin u muxtalif* tillarda yozilgan. Tarixiy asarlardan biz turkistoniylar istifoda etub, yangi muhokama va tadqiqot ila oz shevamizda muntazam bir asar vujudga kelturganimiz yoq. Balki bizlar andog tarixiy kitoblardan aksariyat ila xabarsiz bolub, bazisidan xabardor bolsak ham, alarning tab va nashriga ahamiyat bermaymiz. Chunki, bizning xalqlar andog kitoblardan kora xurofotlik qissa, hikoya va oshiqona gazal kitoblariga ziyoda ragbatlik bolganidan moddiy foydasini kozlab, shunday afsona va aslsiz kitoblarni tab va nashr etmakdamiz. Shuning uchun kundan-kun muhim tarixiy kitoblarimiz kozdan tushub, esdan chiqub yetmakdadurki, muning aybu gunohi Turkistondagi manfaatparast kitobchilar boyniga tushsa kerak. Chunki bu song yillarda kitobchilar tarafidan turli xurofotlik kitob va risolalar nashr bolinub turganligi maydonda va barchaga malumdur. Agarda muhtaram noshir va kitobchilarimiz mundan song axloq buzguvchi oshiqona gazallar va sof etiqodlarni zaharlandiruvchi xurofotlik afsona kitoblar orniga motabar tarixiy, axloqiy va adabiy risola va kitoblar nashr etmoqga tashabbus etsalar, shoyad bu xayrli ishlari avvalgi gunohlarining yuzini yopar.

Sadoyi Turkiston jaridasiga Milliy tariximizni kim yozar? mazmunida bir savol korulgon edi. Bizning fikrimizcha, munday bir tarix yozmoqlik nihoyatda qiyin bir ish bolub, hozirda muning ifosi bizlarning qolimizdan kelmayturronga oxshaydur. Shuning uchun bu xizmatni Turkiston tarixi ila oshino bola boshlagan yosh muarriximiz muhtaram Ahmad Zaki Validiy afandining qalamidan umid etmakdamiz.

Oyna j., 1914 yil, 38-son, 898900-betlar.





:

: 5140
:
  • 5

: