Botir Zokirov.Qaydasan,azizim. / Батыр Закиров. Где ты,любимая? Audio CD

20.06.13 | yabgu


http//photoload.ru/data/6c/76/5c/6c765cdf32b0cc54e088423263d0ac1d.jpg


<b>Qaydasan,azizim / Батыр Закиров. Где ты,любимая?</b>
Artist: Botir Zokirov
Publisher: Turkiston Kutubxonasi
Publication date: 2011
Format / Quality: MP3
Size: 37,2 Mb
Traks: 10
Language: Uzbek,Farsi,Turkman

<img src="http://photoload.ru/data/63/e9/b6/63e9b6e63d4d916dd1c3a51e32856c7c_pv.jpg" alt="Image"/>

Цитата:

Botir Zokirov
1936-1985


O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov hassos xonanda, mohir aktyor, iqtidorli rassom, XX asr o‘zbek estrada qo‘shiqchiligining asoschisi sifatida san’at tarixidan o‘rin olgan.
Botir Karimovich Zokirov Toshkent konservatoriyasida xonandalik (1952-57), Toshkent teatr va rassomlik institutida rejissyorlik (1958-62) ixtisosliklari bo‘yicha ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini 1957 yilda o‘zi tashkil etgan "YOshlik" ansamblida boshlab, O‘zbek davlat estrada orkestrida davom ettirdi. 1972-78 yillar mobaynida Botir Zokirov O‘zbek davlat filarmoniyasi qoshida "MYuzik-xoll"ga asos soldi va unga raxnamolik qildi, hayotining so‘nggi yillariga qadar etakchi estrada xonandasi bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi.
Botir Zokirov tiniq, mayin va shirali ovoz sohibi bo‘lgan. Didi baland, zexni o‘tkir, o‘ziga va o‘zgalarga nisbatan talabchan xonandaning ijro bisoti yil sayin yangi ajoyib qo‘shiqlar bilan boyib bordi. Zero, bir qancha kompozitorlar bu ijodkor xonanda bilan yaqin hamkorlikda ishlab, aynan uning ovoziga mo‘ljallab asarlar yozdilar. Izlanuvchan ijrochi estrada talqinida yangratgan dilrabo milliy qo‘shiqlar ham talaygina.
Ikrom Akbarovning "YOr kel", "Ra’no", "Gazli", «Qaydasan?" "Seni eslayman"; Mutal Burhonovning ' Maftun bo‘ldim", "Namedonam, chi nom dorad", Sayfi Jalilning "Majnun monologi", "Kechalar Yulduz sanab", Elmark Solihovning "Kuz keldi yana", Tofik Babaevning "Nikto ne vinovat" va boshqa asarlar Botir Zokirov xonishida ayniqsa barkamol chiqqan.
Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan SHarqu G‘arb navolari B.Zokirov dovrug‘ini yanada kengroq yoydi. Hindcha «Meychale», «Nechun hayolga cho‘mding?», «Dil orzusi», eroncha «Maro bebus», «Ayriliq qo‘shig‘i», misrcha «Uyqum o‘g‘risi», «Arabcha tango", suriyacha "O‘tmishimga yig‘layman", livancha "Guzal qiz", meksikancha "Alvido muhabbat", ital’yancha "YAshasin muhabbat" kabi qo‘shiqlarning har birini asl tilida, benazir ijro talqinida kuylagan. Bu borada xonanda chet el mualliflaridan E.Massias, J.Brel’ (Fransiya), CHoulhuri, R.SHankar (Hindiston), Fathulla Sulaymon (Suriya), Al-Attash (Misr), aka-uka Rahboniylar (Livan), D.Ristich (YUgoslaviya) asarlariga murojaat qilgan.
Botir Zokirovning mo‘yqalam ustasi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko‘chasi", "CHor Minor" kabi jami 200 dan ortiq rango-rang asarlari shinavandalarga yaxshi tanish. Adabiyot va she’riyat sohasida esa u bir qancha hikoya, ocherk va she’rlar, shuningdek, I.Akbarov tomonidan bastalangan "So‘g‘d elining qoploni" operasi uchun libretto muallifi bo‘ldi, qator mumtoz adabiy asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qildi.
Kinoaktyor sifatida Botir Zokirov YOsh muhandis ("Gullar ochilganda"), Rabindranat Tagor ("Olovli yo‘llar", rej. SH.Aboosov), Abdullo (Dahoning yoshligi", rej. E.Ishmuhamedov) kabi badiiy qiyofalarni yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Botir Zokirov ijodiga bag‘ishlangan "Menga qo‘shiq chizib ber", "Aytilmay qolgan qo‘shiq", "O‘sha, o‘tgan kunlar" nomli fil’mlar suratga olgan. El-Yurtlarda mashhur xonanda o‘z davrida sobiq itgafoqdosh respublikalari bo‘ylab, shuningdek Fransiya, Avstriya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qit’asi mamlakatlarida gastrol safarlarida bo‘lgan.
1994 yilda Botir Zokirov nomida estrada orkestri (hozirgi «O‘zbeknavo" estrada birlashmasi huzurida) tashkil etilib, faoliyat ko‘rsata boshladi, yosh estrada ijrochilarinnng nufuzli respublika tanloviga ham ardoqli san’atkor nomi berilgan.

Тracks:

01.Ey,sarbon
02.Ko'zi suzuk,ko'zi xumor
03.Maftun bo'ldim
04.Man biliram
05.Maro bi bus
06.Pursi az holi xarobam
07.Ra'no
08.Xayolimda bo'lding uzun kun
09.Yor, kel
10.Ey nozli dildor
<div align="center">
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!
Уважаемый пользователь, вам необходимо зарегистрироваться, чтобы посмотреть скрытый текст!

Password: turklib</div>


Поделитесь записью в соцсетях с помощью кнопок:

Просмотров: 6353
Рейтинг:
  • 5

Реклама от партнеров: