O'zbek xarakteri

06.12.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/3e/7e/02/3e7e0224018ab3cf51abb96464d518cd.jpg

O'zbek xarakteri
Author: Shukur Xolmirzayev
Publisher: Turklib.uz
Publication date: 1988
Language: Uzbek

Men bir voqeani aytib beray.
Ikkinchi kursda paxtaga bordik. Osha Boka rayoniga. Chetdagi bir kolxoziga. Mana shu ozimizning Surxon vohasiga oxshab ketadigan joylar ekan: har qadamda qiyoqlar osgan. Bog-bog yosh qamishning tagi bilan otqazib qoyganday. Yeri jiqqa ajriqzor. Mol otlaydigan, bolalar chillak oynaydigan yer-da!
Qadrdon, men uning ozimga, mana shu kongil qurgurga yoqqan joyini aytdim: bunaqa joylar yoqadi-da!
Xullas, ana shu ajriqzordan sal otgandan keyin qishloqcha boshlanadi. Yigirma-ottiz xonadon tursa kerak. Tomlari bari loysuvoq, devorlari guvala. Biz borganda jami tomlarga pichan uyulgan, yomgir yogib otgan payt edi, pichanlar sap-sariq. Bazisining ustida yosh bolakaylar otirardi.
Bizni korib qiyqirib yuborishdi. Bechoralar... Toshloq kochada mashinamiz toxtadi. Oqituvchilar ozaro kelishdilar. Bizni shu yerdan burib, pastlikka endirib ketishdi.
Bitta brigadirning bitmay qolgan peshayvonli imoratiga joylashadigan boldik. Buyam shunchaki somon suvoq qilingan. Deraza-romlari yoq. Yer zax. Odatdagi... baraklardan farqsiz edi. Fargonalik, toshkentlik bolalar orasida mendan yoshi uluglari kop edi: birlari armiyani bitirib kelgan, birlari texnikumni... Biz endi, ozingiz qatori onni bitiriboq, universitetga kira qolgan edik. Shuni aytish kerakki, savod masalasida ham ulardan kam emas, bazan balandlik ham qilib qolardik: harqalay onni bitirib, togri universitetga kirgan bolamiz. Bilimlar hali svejiy... Bundan tashqari, ozingizga malum, kamina kutubxonaning, ayniqsa, fundamental kutubxonaning faol oquvchilaridan.
Lekin uyatchanligimiz ham bor. Baribir ularga vodiylik, toshkentlik bolalarga nisbatan qishloqimiz-da, togrisi. Balki uddalik bobida ham ancha jon edik.
Yoq? E! Sizni osha uyga joylab qoysa, nima qilardingiz? Kolxoz idorasidagi bugaltirning xonasidan pechni qoporib kelarmidingiz? Kelolarmidingiz? Yoq. Deraza orniga nima tutar edingiz? Tol... Uni qaerdan topardingiz? Ana shunday... Men endi udda deyapman, gap shundaki, osha paytda ular menga hatto olgir bolib koringandi... Ha-da, uy isib qolgandan keyin albatta yoqadi!
Ormon degan bir kurskomimiz bor edi. Novcha, oriq yigit. Uch yil universitetga kirolmagan. Sibirga pomidor, piyoz oborib sotgan. Poezddagi sarguzashtlarini eshitsangiz, hee... Pishiq. bolalar-da! Komsorgimiz ham Azimjon degan yigit edi. Nuqul Remark bilan Xemingueyni oqib: Bizning yozuvchilarimiz yolgonchi, deb yurardi. Men? Albatta unga qarshi turardim!..
Shunday qilib, joylashib oldik. Yerga poxol toshadik, ustiga chodir yoydik. Keyin, korpa-toshakni yozdik. Choynak, chelak ham topib kelishdi.
Kech bolib qolgan edi. Bilasiz, dastlabki kecha uxlash qiyin. Latifa aytishardi bolalar: Siz korgan osha afandi, siz bilgan osha afandi...
Bolalar darhol torni, yon tomonlarni egallab olishgani uchun menga eshik ogzidagi joy tekkan edi, bilmadim, kechasi eshik ochilib ketganmi, sahar tursam, burun bitib qolgan.
Havoda zildek ogir, qoramtir bulutlar aylanar, lekin etakdagi paxtazor yaqqol kozga tashlanar edi. Ikkinchi terimdan chiqqan. Kop gozalar barg tokib, sargayib qolgan.
Ayvon ustuniga suyanib, tomosha qila boshladim: paxtazor chetida tutlar. Osha tutlar... U yer-bu yerda chugurchuqlar galasi uchadi. Tutzorning narigi tomonida bozrang bir uzun imorat korinardi. Uning oldida bakni qaynatishyapti shekilli, bak karnayidan qizil alanga chiqib qolardi.
Keyin, shundoq pastlikdagi paxtazorni bizdan ajratib turgan ariq boyidagi yolgiz kulbaga kozim tushdi. Uning ham tomiga pichan bosilgan. Pichan ustida chumchuqlar gujgon: chiriq-chiriq... Ariq boyida esa bir qoraqalpoq kursdoshim, ha, osha Saparboy maykachan bolib chopib yuribdi.
Bet-qolni yuvgani pastga endim.
Yechin. Yugur. Fizkultura qil! dedi Sapar.
E, piskulturam chiqib turibdi, dedim. Shunda qarasam, haligi kulba... odam yashaydigan uycha ekan. Men, bilmadim, uni bostirma deb oylabmidim, hayron qoldim. Kichkina derazasi bor.
Uychaning oldida esa, bilasizmi nima, ormak... ormak tikilgan. Bir ayol katta taroq bilan gursillatib urib, kalavani qatimlar orasidan u yoq-bu yoqqa otib, sholcha toqiyapti. Sekin unga yaqin bordim: bu manzara ham bizning kongilga yaqin-da, qadrdon!
Ayol sharpamni sezib, boshidagi gardi romolini peshonasiga tushirdi.
Salom alaykum, hormang, opa? dedim.
Keling, uka, dedi u. Xush kepsizlar... Yaxshi joylashib oldinglarmi?
Ha, rahmat. Juda-a yaxshi joylashdik... Shu uyda yashaysizlarmi ?
Ha, dedi u. Xojayin molga ketgan. Molga ketgan!
Mol ham boqasizlarmi? dedim.
Ha, kolxoz bir otar berib qoygan.
Bir otar! O, Toshkentda bu sozlarni eshitmaysiz-da, mexribonim. Ana shunday qilib, bularga birdan konglim ilidi.
Echkimi, qoymi? dedim.
Aralash.
Qarasam, uychaning nari tomonida uzun qora bor. Tevaragi shox-shabba bilan oralgan. Sekin otdim. Qiy hidi... Ha-ha-ha! Qoraning engaragidan qaradim: yetmish-sakson mayda mol sigarkan... Men nimagadir, bu yerlarda ham odamlar faqat paxtani biladi deb oylardim. Endi deng, mol tufayli paxtayam kozimga yuz chandon yaxshi korinib ketdi.
Buning ustiga, havo yumshoq. Gozalar yuvilgan, namxush. Barglari, poyalari sariq. Ariqchada tiniq zilol suv oqyapti... O! Osha paytlar Bokadayam suvlar toza bolgich edi. Ximikatlar ham kam sepilardi, nazarimda. Lekin men bu tomonlariga etibor qilmaganman... Chunki ozimiz tarafdayam ximikat, suv notoza, ul-bul degan gaplar kam bolardi.
Xullas, men Surxonning bir burchagiga kelib qolgan edim.
Shu payt uydan yotogimizdan bolalar ham birin-ketin kozlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. Bazisi Saparga qoshilib chopishga tushdi. Bazilari paxtazorga oralab ketishdi. Ormon aka ormak toqiyotgan ayolning qoshiga keldi.
Qalaysiz, opa? Hormang!
Bor boling, uka... Kelib zap ish qildilaring-da...
Ha, endi, sizlarga yordam bermasak boladimi? Kok choy bormi? Qurugidan.
Bor, bor. Ayol etagini apil-tapil tushirib, taroqni tashlab, kulbaga kirib ketdi. Oyogida eski kirza etik, uzun sochlari uchida sochbog. Rangi ongib ketgan koylagi gijim. Sal otmay bir banka bilan bir parcha gazeta kotarib chikdi. Gazetani Ormonga berib, ustiga bankani engashtirdi. Bir hovuchlar choy tokildi. Ormon:
Bolar, rahmat, dedi.
Kerak bolsa...
Kerak bolsa, yana soraymiz...
Bemalol, ogajon. He, paxta, paxta... Mana, sizlar ham oqishlarni qoldirib, ota-onalaringni tashlab keldinglar. Baraka topinglar. Rahmat...
Endi, terish kerak-da! dedi Ormon aka... Ha, paxtaning kilogrami necha tiyindan?
Shu, on tiyinmi, besh tiyinmi, men kopam farqiga bormayman.
E! Unday bolmasa kerak! dedi Ormon aka. Keyin kuldi. Yaznamiz (pochcha) bilsalar kerak?
Ha. U kishi biladilar.
Yaxshi... Sizlar ham biron yoqdan kelganmisizlar deyman?
Yo-oq, biz shu yerning odami.
Bundan boshqa uchastkalaring ham bordir-da?
Yoq, ogajon. Bori shu... Buyam yaxshi. Ozimiz uch jon. Jiyaningiz otasi bilan ketgan... Chopon bolaman deydi. Halizamon kep qoladi. Choyni qaerda ichasizlar?
Choyni? Hm, buguncha endi yotoqda. Keyin yana oylab koramiz.
Men Ormon akani hozir qitmir, suqatoy qilib tariflayotganga oxshayman. Yoq, bir hisobda u ozicha haq edi: bizniyam oylardi, harqalay.
Shundan keyin terimga jonadik.
Kun chiqib, uyam sargayib nur sochyapti. Biz etaklarni boyinga ilib, xuddi oshhalolga borayotgan podachiday ketyapmiz. E, dostim, menga mana shunday kun zarda berib chiqayotganda namxush soqmoqlardan yurish ham yoqadi-da!
Tepangda chugurchiqlar oynaydi. Oyogingga hol yaproqlar oralashadi. Unda-bunda xirmon joylardan bug kotariladi. Korganmisiz? Gozaning qavachogi yonishga mahtal boladi. Uzoq vaqt uyulib yotsa, tutun ham chiqib ketadi.
Osha kuni terdik. Uyat olimdan qattiq... El qatori terdim. Lekin burun ochilmadi.
Qaytayotganimizda haligi kulba biqinida qozon qaynayotgan ekan. Endi Azimjon aka qozonga yaqin borib, hidlab kordi-da:
Osh, dedi bizga qarab.
Hu, dedi Ormon aka, qozoni kichik ekan-da.
Yuring, yuring.
Shoshmang. Ho, xojayin!
Uychadan kalovlanib, qotma, qora choponining tirsaklari yirtilib paxtasi oqqan, soqoli osiq, chuvak yuzli yigit chiqdi. Xuddi ongirini bosib oladigandek surilib-shoshilib kelib, biz bilan bir-bir korishdi.
Xush kepsizlar, xush kordik! Qani, uyga marhamat!
Oldin yuvinib olaylik-chi, dedi Ormon aka. Aytmoqchi, bir ukamizning tomogi shamollab qopti. Burning ham bitgan-a? deb soradi mendan. Shu, shu... Dori-pori topiladimi? Medpunktlaring markazda ekan, bu yer Kamchatka.
E, topiladi-da. Dori topiladi! Yigit etigini qolantayoq kiyib chiqqan ekan, oyogidan tushib qoladigandek talpanglab uyga kirdi.
Keyin bir bog ituzum olib chikdi.
Shu boladi, tomoqqa boglasalar, dedi.
Boladi, boladi! dedim. Ozginasi boladi.
E, ozginani nima qilasan? dedi Ormon aka. Hali yana kerak boladi.
Ituzumni olib yotoqqa keldim. Unga tikilaman: tanish-da bu osimlik ham! Qadrdon, bizdayam bir momo bolgich edi. Bobomiz bosmachilarning otlariga xashak bergani uchun xalq dushmani deb otilib ketgan, undan qolgan on bir kursoqni boqaman deb umrini toq otkazgan kampir edi. Ularniyam birin-ketin yaratganiga topshirib, bizning maymoq ota bilan qolgan...
Osha kampir davolardi shunaqa ituzumlar bilan... tomoqlarimizni. Tildan tersak chiqsa, oq gulbutani quritib-ezib, kukunini separdi. Hech narsa kormagandek bolib ketardik.
Omborimizda mana shunday ituzum boglaridan yogoch qoziqlarga osib qoyardilar.
Biz ham devordagi bir mixga osib qoydik. Keyin mevasidan bir hovuch olib, boz etakning chetidan bir parchani yirtib, mevani ezib-ezib tomoqqa kotardik.
Ertasi kozimiz charaqlab ochilib, terimga chiqib ketdik.
Bizga choy qaynatiladigan bak ortidagi kulbalarning orqasida hududsiz dalalar bor, biz oshayokda paxta terardik. Har joy-har joyda mitti-mitti shiyponchalar qonqayib turardi. Yeri zax, devorlari qabarib ketgan, atrofida tuproq oynab yotar, unda sichqon-kalamushlarning izlari kop edi.
Biz goho oshanday kulbachalarga kirib dam olardik.
Men, men ozim oshanaqa joylarda izgishni yaxshi korardim. Shunday shiyponchalarning yaqinidan albatta biron ariq otgan bolar, uning qirgoqlaridan qamishlar govlab kotarilgan, qamishlar ichida turfa tikanlar qizil, sariq bolib gullagan, oshalarning ham yolgiz tomoshachisi biz edik.
Bazan egatlar ichida tarvuz, qovun palaklari chiqib qolardi. Albatta, bitta-ikkita burishgan, tirishgan tuynak bolardi. Ammo uni yorib yesangiz, mazasi... tilni yoradi. E, azizim, menga bir faqir studentga shunday tuyulgan-da! Bolmasa ichi tushgan, ayniy boshlagan tarrakning nimasi shirin? Balli, odam degan munday injiq bolmaydi: boriga qanoat qilish kerak...
Terimda esa, hamma vaqt qorningiz toygan qozining qorniday bolmasligi ozingizga malum... Bir tuyur goshtu makaron solinib qaynatilgan sholan-shorva mana shunday... joningizga tegib ketadi: rahmat.
Hozir paxtani yomonlash, uning mehnatini olamdagi eng ogir mehnat deb atash modada. Bir hisobda, haqiqatdan ham, shunday. Biroq, terim paytidagi romantika!
Tonglarni eslang! Tuprogi nam tortgan soqmoqlarni. Yiroqda arava yoldan kotarilgan changni ufkdan endi bosh kotarayotgan quyosh yogdulariga yogrilib, zarrin bir tozonga aylanib turishlarini eslang! Buning ustiga, osha paytda: Eng ulug ishni men qilyapman! Ozbekning milliy iftixori uchun kurashyapman! deb oylab tursangiz. Bitta ortogingiz oyinqaroqlik qilib, kamroq paxta tersa, kozingizga yov bolib korinsa...
Bitta gozal, nozik qiz ipakdek barmoqlari chanoqlarga tilinib, qoni chiqib, doka bilan boglab olib, endi zorga terayotganini korsangiz: E, shaharlik oyimqiz! Soyapar-da, soyapar! deb ichdan haqorat qilar edingiz!
Ha-da, avvalo, ozim haqimda gapiryapman! Yo hikoyamni tugatib qoya qolaymi? Mayli...
Rasvo bolib, shalabbo bolib yotoqqa yetib keldim. Ertasi saharlab turish kerak, terimga chiqish kerak. Yomgir, qor paxtaning oldida kapeyka!
Kiyim-boshni yuvib, pechga tutib sal-pal quritdim. Keyin bir dono ortoqning maslahati bilan: Toshakda qurib qoladi, deb kiyib yotdik. Ertasi rasvogarchilik.
Juda nozik ekansiz-da, shoir, dedi Ormon aka.
Nozik, xayolparast odamlarni shoir deb atash oshanda rasm bola boshlagan edi. Qandaydir redaktsiya xodimidan chiqqan deyishadi bu gapni... Bizning tarix-arxeologiya gruppamizdagi studentlar orasidayam redaktsiyalar bilan yaqin yigitlar bor edi. Kamina ham redaktsiyalar bilan bogliq gaplarga qiziqardim.
Men kecha anavi qizlar yotogidan kelayotganimda loyga belanganimni ayta boshlagandim, Azimjon aka dakki berdi:
Ayrilganni ayiq yer, bolinganni bori! Siz ketvoribsiz! Biz rosa izladik.
E, u joy ozi...
Saparboy haligi qoraqalpoq yigit menga yaqin edi. Kim biladi, Surxondagi ayrim elatlarni ozlariga yaqin olishadimi, deb oylardim. Endi albatta bu narsani yaxshi bilamiz... Oshanda shunchaki dost, hamfikr edik. Shu yigit:
Qol, sen uchun ikki fartuk paxta terib beraman, dedi.
Ikki fartuk paxta bu olamjahon mehnat! Bu kamida ikki-uch ming marta egilib-kotarilish degani. Yana qancha mashaqqati bor... Konglim buzilib, unga nima minnatdorchilik bildirishni bilmay qoldim. Boshim aylanar, ichim oz-ozidan yonib ketayotgandek edi. Azimjon aka ham peshonamga qol qoyib:
Qoling. Mumkin emas. Jon ham kerak, dedi.
Qarang, odamlar qanday realist.
Qoldim. Bolalar ketishdi. Uyda yotib qolgan bemor uchun ham shart shu edi: u yoq-bu yoqni supurib-sidirib qoyishi kerak. Biratola qutulay deb uyni supurdim. Ayvonlarniyam tozaladim. Axlatni imorat orqasiga otkazib tokib qaytayotgan edim, bir manzarani korib qoldim.
Joxoripoya chetida, yovvoyi supurgi panasida bitta on-on bir yoshlardagi bolakay qolchalarini tizzasiga tirab nari tomonga qarayapti. U yoqda bolsa, paxsa devorga taqab tokilgan somon ostida bir sariq it yotibdi.
Men ham qiziqib, bolaning yoniga bordim. Shunda it gingshib, sapchib turdi-da, devordan oshib otdi. Saldan song mushtdek kuchukvachchani tishlab, buyoqqa sakrab otdi. Yerga qoyib yaladi. Yana yotdi.
Qiziq-a? dedim.
Bolakay chochib tushdi. Aft-basharasi kir, telpagining qulogi peshonasiga tushgan edi.
Ha, dedi u tashvish bilan. Bu yer kocha, opketishadi bolalar... Men bolasini hovliga otkazib qoyaman, bu uyasiga olib otadi. U yoq yaxshi-ku?
Men xorsindim.
Ming qilsayam ozining uyi-da... Sen kimning oglisan?
Odamzod qiziq-da, a? Uning kimga ogil bolishini menga nima ahamiyati bor deng?
Botir choponni, dedi.
Ha-a, ordeni bormi?
Yoq. U gamgin tortib qoldi. Eshimboyning ordeni bor. Lekin qoyi kam...
Ana, yosh bolalar ham osha maxinatsiyalarni bilardi.
Hechqisi yoq, dedim. Seni otang ham oladi. Botirboy zor chopon! A, uylaring shu devor orqasidagimi?
Ye-e! dedi u ustimdan kulganday. Ana-ku! Sizga otam ituzum berganda, men derazadan qarab turib edim... Yana kerakmi? Kozingiz yoshlanib ketyapti!
Yoq. Ituzum bor, dedim. Aka-ukalaring ham bormi?
Ukam oldi. Doya kampir chala tugilgan, dedi. Oldi. Komib keldik. Kichkina edi.
Attang, dedim.
Shu yerga kelib joylashgandan beri haligi ayol bilan erining yashash sharoiti, yotish-turishini ham korib turardim: ayol tong otmasdan uygonardi: sigir sogadi, erini kuzatadi, keyin ormak toqiydi... Kun kotarilaverganda, ariqning u betidagi paxtazorga tushadi: kechgacha bir qopni tikka qilib qoyadi. Kechasi ham allamahalgacha ularning kulbasidagi yolgiz derazadan ariq boyiga nur tushib turardi.
Ormon aka bilan Azimjon aka, tagin uch-tort bolalar ularning choyini ichib chiqqan, bir-ikki marta ovqatlarigayam sherik bolgandi.
Shu narsalarni oylab: Ishi ogir, bola tashlagandir-da, deb oyladim.
Bilasizmi, ey qadrdon, kozimiz ochiq bolgani bilan ojiz ekanmiz-da: siz ham shunday garib kulbalarda yashayotgan dehqonni, paxtakorni korgansiz. Albatta... Lekin buni tan olmas edik-a? Qanday ablah ekanmiz!
Tavba, buni tan olishdan uyalar edik. Birovlardan ham yashirar edik.
Shoshmang-shoshmang, bu yerda gap bor: bu narsa faqat qorquvdan deb oylaysizmi?
Gumonim bor. Bechora ozbekni bilasiz-ku: ozi yemasdan mehmonga tutadi...
Kambagalligini yashiradi. Qiziq-a? Holbuki kambagal odam oz holatiga konikkan boladi. Yashirmaydi. Biznikilar negadir... Xuddi juda boy edi-yu, birdan kambagal bolib qolganday: shuning uchun okinch bilan buni yashirishga intilayotganday tuyuladi menga... Balki boshqa bizning aqlimiz yetmaydigan sabablar bordir?
Bolaning ismi Abduqodir ekan.
Birga-birga ayvonga keldik.
Itga tegma, dedim. Senga ozingning uying yaxshi, unga oziniki yaxshi.
Bu yerdan yomon bolalar ogirlab ketadi. Sotadi, dedi Abduqodir.
Kimga sotadi?
Sotadi-da... Bitta gektarchi karis oltita kuchukni sotib olib ketgandi.
Oqiysanmi?
Beshinchida... Tushdan keyin maktabga boramiz. Hey keyinroq korak chuviymiz.
Oqish nima boladi?
Toxtaydi! deb kuldi u. Kelasi yildan paxtaga chiqamiz!.. Men hozir ham paxta teraman. Opamga terishaman... Kitob? Oqiyman. Robinzon Kruzo bor. Bitta felsher tashlab ketgan. Otgan yili... Ukamni korgani kelgandi... Men yigladim. Keyin shu kitobni berdi. Yaxshi kitob!
Azizim, men ham xuddi shu bolakayning yoshida oqigan edim osha kitobni. Siz ham...
Biografiyamiz qanchalar yaqin-a?
Hikoyamni chozib yuboryapmanmi? Shoshib qaerga borasiz, qadrdon? Goho miriqib gaplashib, oylashib olish ham kerak-ku? Osha damlarni qaytadan yashab, a?
U xotiralar odamning yuragini tozalaydi. Shundoq ham fisqu-fujurga, keraksiz koni ziyon oylarga tolib ketgan bu kokrak... Sigaretdan cheking.
Shunday qilib, Abduqodir bilan jora bolib qoldik.
Tutzor ortidagi barakda qizlarimiz ham turardi. Ulardan ham ikkitasi kasal bolgan ekan, doktor keldi. Meniyam korib, analgin-panalgin deganlaridan berib ketdi.
Uch kun qattiq yotdim.
Tortinchi kun edi, shekilli, ayvonga chiqayotsam, Botir chopon bitta tarvuzni qoltiqlab pastga tushib ketdi. Shu kuni tushdan keyin, havo ochilib, kun yana qizidi.
Kechga tomon yana uyni supurib bolib, ayvonda ustun tagida chonqayib otirgandim. Abduqodir yarim palla tarvuzni kotarib, pishnab chiqib kela boshladi.
Ozi bitta tarvuz olib tushishgan edi...
Sizga. Yeng, dedi. Otam berdilar. Opam, yesin dedilar... Keyin kechqurun uyga kirar ekansiz.
Yemayman. Rahmat. Qornim toq, dedim.
Yoq. Yeysiz! dedi u men bilan urishadiganday. Siz kasal. Bu tarvuz yaxpsh ekan.
Yemayman.
Abduqodir turdi-turdi-da, tarvuzni shartta yerga qoyib, chopib tushib ketdi.
Bolalar terimdan qaytgach, haqiqatdan ham Botir chopon chiqib kelib, bizlarni uyiga aytdi:
Kelinglar, ukalar. Bir osham osh qilgan edik. Sizlarga rahmat. Bu yerda ota-onalaring yoq...
E, uyingizga sigmaymiz-ku? dedi Ormon aka.
Kongil keng bolsa, bemalol sigishamiz, dedi chopon. Tushinglar.
Biz axir yigirma kishi!
Bolmasam, yigitlar, ontamiz bugun mehmon bolamiz. Ontamiz keyin! dedi Ormon aka.
Meni qoymay olib bordilar.
Tort kishi zorga sigadigan xona edi. Burchakda gishtin pech. Oqlangan. Lekin choyning dogi, yog tokilgan. Yerga ikki qavat palos solingan. Torda bir taxmon yuk. Ensiz-ensiz korpachalar solingan. Tiqilishib ornashdik.
Botir chopon iljayib, quvonib dasturxon yozdi. Qosh-qosh yopgan non qoydi. Bir taqsimcha oq qandni sochib tashladi. Keyin ikki hovuch jiyda bilan mayiz ham sochdi. Keyin kattakon xum choynakka kok choy damladi.
Ikki tovoq palov hash-pash deguncha yoq boldi. Keyin bosib-bosib choy icha boshlashdi.
Men... qanday otirganimni bilmas edim. Kasallikdan tuzalmaganim, injiqlik ham sababdir... Lekin bir burda non yeyishga istihola qilardim.
Bu oila kambagal oila edi.
Ha, paxtalar ham oyoqlab qoldi... Qani, bu yashash qalay endi? dedi Ormon aka. Yigayapsizlar deyman-a? Ha-ha-ha! Ozbekning odati shu-da: bolamga bolsin, deydi...
Ha, endi bizning otalar ham qilgan-da, dedi Botir chopon. Opangizga uylantirib qoyishdi. Elni oldidan otdik. Toy deganday, xarajati bor-da...
Lekin bizni aldashyapti, chopon aka! Kunlik meh-natimiz ovqatimizni qoplamaydi. Bir kiloga on tiyin tolaydi. Hozir on kilo terish olimdan qiyin.
Ha, endi chidaymiz-da, ogajon. Ozimizni paxta, ozimizni hukumat.
Hey, tushunmay qolaman-da, bu ishlarni!
Ayol meni kuzatib turgan ekan.
Shu ukamiz hech narsa tatimadi-da, deb qoldi. Yo bizni pisand qilmayaptilarmi?
E, nimaga... Olovim chiqib ketdi. Ozim shu...
He, ishtahasi yokdir-da, dedi Ormonjon aka. Bolmasa ovqatdan ham tortinadimi odam!
Ha, ishtaham yoqroq... dedim.
Tezroq chiqib ketgim kelardi. Ormon akaning gaplari, soroqlari jonimga tekkan edi... Nima? E, qadrdon, meni nahot tushunmaydi deb oylaysiz? Ha-ha! Ormonjon akayam ozicha haq edi... Masalaning boshqa tomoni ham bor: biz ozimiz ham qornimiz toyib yashamasdik. Bittasi yarim kilo qand obkelgan bolsa, boshqa bittasi ogirlardi, birovning kosasidagi goshtni birov... Aytishga til bormaydi. Tutab ketasan, kishi.
Nima qilishim kerak bolmasa? Xadeb qol uzataveraimi? Qoying bu gaplarni.
Oga! Osha sharoitda siz ham mendan ozgacha tutmasdingiz ozingizni!
Shu-shu, bularning uyiga qayta kirmadim. Chopon gapiradi, xotini aytadi, ogli chaqiradi. Xop deyman. Paysalga solaman.
Ularning kulbasiga kun ora kirib chiqadigan, dasturxonini quritadigan bolalar kozimga yomon korinib qoldi. Asta-sekin ular bilan ham hamdardlikni uza boshladim.
Shunda, siz tasavvur ham qilolmaydigan bir voqea sodir boldi.
Surunkasiga yomgir quya boshladi. Ikki kun ovqatsiz qoldik. Shundoq ham kop bolalar qarzdor bolishgan edi.
Asta-sekin elchilarimiz qishloq kochalarida izgiydigan odat chiqarishdi: kechasi bir mahalda ontalab, on beshtalab qovun-tarvuz kotarib kelishadi.
Ertasi shtabda janjal: kimdir hovlisiga ogri tushganini aytib shikoyat qilib kelgan...
Ana, ogrilikkayam organa boshladik.
Ammo eng katta ogirlik... Kechasi dovul boldi. Bir payt eshik qattiq ochilib, shalabbo bolgan Botir chopon korindi.
Mollar chiqib qochdi! Yordam beringlar!
Qoy-echkilarni nima hurkitgan bilmay qoldim.
Boshqalar qatori chiqib, izlab ketdik. Qishloq kochalarda deng, it kop. Balki bori oralagandir? Yomgir bolsa chelaklab quyayapti... E, kop izladik. Dabdalamiz chiqib, qoy-echkilarning bir bolagini paxtazordan, besh-oltitasini kochadan, ayrim xonadonlardan topib keldik.
Chopon eshik ogzida fonar yoqib, kozlari javdirab turibdi. Nuqul rahmat deydi. Ayol alqaydi. Ogilchasi xursand... Lekin bitta qozi topilmagan edi.
Uni ozim topaman. Sizlar dam olinglar endi... Topsam, ozimning ikki qoyimdan bittasini soyib, qovurib beraman sizlarga, dedi Botir chopon.
Shunday qiling-e, bir goshtga toyaylik, aka! dedi Ormon aka.
Biz yotoqqa qaytdik. Endi... yana burnim bitdi desam, sizniyam gashingiz keladi.
Mayli, bunday deyin: shu kecha besh-oltita yigit ham qattiq shamollagan ekan.
Soat ikkimidi-uchmidi, nafasim qaytib, uygonib ketdim. Eshik qiya ochiq, guvillab shamol kirayotgan ekan. Tagidan tortdim, yana ochildi. Tob tashlaganmi, nima balo. Irgib turib tutqichdan ushlaganimni bilaman, birov eshikni naryoqqa tortdi. Men buyoqqa. Qorqdim. Keyin lang ochib yuborgandim, Azimjon aka turgan ekan.
E-e! Baqqa ke. Ustingga bir narsa il, dedi u kishi.
Choponni yelkaga tashlab chiqsam, ustun yonida Ormon aka, Mirzagolib degan polvon yigit ham turishibdi.
Mirzagolibning ham yoshi mendan ulug, Rais degan laqabi bor, ozi ehtiyotkor, qirqoyoq kiradi deb, kechasi qulogiga paxta tiqib yotadi.
Azimjon aka eshikni zichladi-da:
Yur. Gap bor. Bolgan ish boldi... Sen shorlik ham bir maza qil, dedi.
Lekin guldurgup, dedi Ormonjon aka.
Ularga ergashib, yolga chiqdim. Ormonjon aka oldinga tushdi. Yomgir tingan, ammo sovuq kunlardan darak beradigan shamol esar, u ust kiyimlarimiz ongirlarini ochar, bagrimizga ozini urar edi. Endi itlarning tovushi ham ochgan.
Biz yol yoqasidan orqaga qishloqqa bizni olib kelgan tomonga ketardik.
Ancha yol yurib qoydik. Dimogim ham ochildi ancha. Bir-ikki marta:
Qayoqqa boryapmiz ozi? deb soradim.
Ular aytishmadi. Keyin bolsa... Xursand bolib ketdim... ha, zimziyo tunda qandaydir sirli ish bilan qayoqqadir ildamlab ketishning ham zavqi bor-da!
He, qishloq orqada qolib ketdi... Boshda aytganim qiyoqlar bog-bog qilib yerga otqazib qoyilganday ajriqzorga yetib keldik. Bu tomonda bir-ikkita it uchradi, qochib ketishdi.
Biz Ormonjon akaning orqasidan boryapmiz. Ayrim joylardagi qamishlar yondirilgan ekan: namiqqan kulning hidi anqiydi. Namchil yer gij-gij etadi.
Alqissa, qamishlar odam boyi osgan, jangalga oxshash yerga borib qoldik. Shunda bir qozichoqning ojiz maraganini eshitdim. Ammo hali gap nimadaligini, bu safardan murod neligini bilmasdim. Oqibat, qamishlarga oraladik va Ormonjon aka qol fonarini yoqdi. Zumdan keyin biz tortovlon oyoqlari kuliklab boglab, yotqizib qoyilgan qoragina, jiqqa hol bolgan, kozlari yiltirab zorga ovoz chiqarayotgan qozichoq tepasida turardik.
Xayriyat, dedi Ormonjon aka. Men daydi itlardan qorqqan edim... Ergashvoy, chorvani bilasan, it ham qozichoqlarni yeyishi mumkin-a?
Shunday voqealar boladi, dedim. Lekin, bu kimning qozisi?
Bizniki... Bizniki endi. Mirzagolib, boshlang endi! Mana, mening pichogim otkir. Lekin suyakka urmang.
Juda jon ekanman deyman-da!
Vey, shuni soyasizlarmi? depman.
Bor. Hey u yerdan yolga qarab tur!
Yoq, axir bu kimniki? Balki kolxozniki, balki... E? Botir akaning yoqolgan qozisi emasmi?
Obbo, senga nima deyapman! deya Ormonjon aka yelkamdan ushlab orqaga burdi. Bor-da endi! Kolxozning yonini oladiganni kordik! Kolxoz... Padariga lanat! Bizni ochdan oldiradi! Botir ham bir qozidan ayrilsa, ochdan oladigan kimsa emas!
Axir, insoflaring...
Shu gap bilan bu yigitlar tarbiyalanib qolarmidi? Yoq! Men oshanda faqat nafratlanar, nochorlikdan figon chekar edim.
Togri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin chamasi, kursdoshlar orasida yolgizlanib qolish, ming bir tanalarni eshitishdan ham qorkdim, shekilli.
Bundan tashqari, anglab olmagan esam-da, bu yigitlar toqlikka shoxlik qilmayotganlarini ham tushunib turardimki, garchi bu hol ularni oqlashga tirnoqcha asos bolmasa ham, konglimga tasalli, oz-ozini aldash deysizmi shularning biri edi.
Xullas, men osha qozining goshtidan bir bolak yemagan esam-da, baribir ogirlikka sherik bolgan edim.
Ormonjon akayam, Azimjon akayam bir haftalargacha mendan xavfsirab ola qarab yurishdi.
Men ular bilan gaplashmay qoygandim, xolos.
Nima dedingiz?
Ha, osha yerda soyishdi, Mirzagolib soydi. Hash-pash deguncha terisini pshlib, kalla-pochasini otvorishdi. Keyin bir top qamishni yondirib, qoriga jigarini pishirib yeyishdi.
Yemadim dedim-ku. Ozimni ishtahasi yoqqa urdim-da... Juda bolmagandan keyin: Hammalaringdan jirkanaman! deb chetga chiqdim. Keyin kutdim.
Be-e, choponga borib siz ham aytmasdingiz. Keyin ketdim. Yotoqqa kirib yotdim...
Nuqul yiglagim keladi, ukkagar. Botir akaga, ayoliga achinardim. Keyin, yigitlarimizgayam achindim... Ha! Ular qachon kirib yotishganini bilmayman. Biroq uch-tort kun gosht qovurib yeyishdi. Yoq... Qizlar yotogida yeyishdi. Endi, ular ham jannatda emas edilar-da, qadrdon.
Siz yozuvchilar, injiq odamsizlar. Yaxshi odam deganda, albatta sutdek oq, musichadek beozor odamni tushunasizlar. Holbuki, unaqalar hayotda yoq: undaylar, menimcha, goya... xolos. Ha-ha-ha. Sizning gapingiz ham Kommunistik jamiyat odamining axloq kodeksiga oxshab ketadi.
Kodeks chiqdimi, demak, bas, odamlar unga amal qiladi: risoladagidek boladi, deb hisoblashadi bazilar. Bular chipuxa gaplar.
Kunlar otdi.
Qor uchqunlay boshladi... Bizning, ozingiz bilgan toglarda bunday paytlar izgishlarimiz, sayru sayohatlar endi ertak edi. Biz sovukda tors-tors yorilgan kosaklarning paxtasini suvga ivitib olgandek sugurib olardik.
Ha, ikki kishi arqon bilan gozalarning bir chetdan surib, qorini tushirardi. Keyin diqillab egatga kirardik. Oq oltinni terardik. Bu qurmagur oq oltin etakka tushgach, tugilib, mushtdek bolib qolardi. Jiqqa hol-da.
A? Qanday qilib quritib topshirishlarini bilmayman. Lekin bir-ikki xonada uyulib, sasib yotganini korganman.
Keyin kosak terish boshlandi.
Endi, bizning qadrdonlar Ormonjon aka, Azimjon aka, Mirzagolib, tagin ularning safdoshlari bari sal sovuq otdi deguncha, yo vaqtida bak qaynamasa, Botir choponning kulbasiga kirib tiqilib olishardi.
Chopon bilan xotini esa... xursand!
Biz endi yakkamoxov bolib qolgandik. Yoq, sira kirmadim. Qanday qilib kiraman!
Bu yogiga quloq soling.
Qaytadigan boldik. Ozingiz bilasiz, bunday kunni hech bir oqituvchi, brigadir aytmaydi... Negaligini hamon tushunmayman. Balki terimdan sovub qoladi, deb oylashadimi.
Lekin, kulgili joyi shundaki, bolalar baribir bilishadi. Botir chopon ham bilgan ekan. Erta jonaydigan kunimiz ozlari xotinlari bilan kelib qoldilar. Yotoqqa... Men qandaydir xavotirga tushgan bolsam kerak, har holda.
Assalom alaykum, kelinglar, mehmonlar! deb yubordi Ormon aka.
Azimjon akayam bolalarga toshakcha solishni buyurdi. Botir chopon qulluq qilib, xuddi kirib otirmasa biz u dunyo-bu dunyo yuz kormas boladigandek, tazimlar bilan yana uyiga aytdi:
Shu, labz ekan, ukalar... Tilga olib qoyib edik. Bitta qon chiqaramiz deb... Shunga qadam ranjida qilsangizlar. Mana, opalaring ham iltimos qilyapti, dedi.
Men tamom boldim.
E, qandoq bolarkan... dedi Ormonjon aka. Qozingiz topilsa, boshqa gap edi...
Ha, osha kecha biz ham yaxshi izlamagan korinamiz, dedi Azimjon aka ham. Andak xijolatdamiz.
E, ogalarim-ey, deb kuldi chopon. Biz xijolatda edik. Ishonasizlarmi, biz?.. Endi, gapni kop chuvaltirmaylik, ukalar. Qozi topildi hisob. A, xotin? He, Shoditoqaydan topdik. Ul-bulni... Ozimiz tusmollagan edik daydi itlarga yem bolgan-ov, deb... Endi bizni xursand qilamiz desanglar, ketar jafosiga bir mehmonimiz bolasizlar...
Keyin, ozlari ham endi terimga chiqmasliklarini, faqat gozapoya yulishlari va uyda otirib, kosak chuvishlarini aytdi.
Qishlogimizda ikkita grek bor, dedi xotini keyin. Bir chelak haligiday suvdan ham oldik.
Hayronmisiz, qadrdon? Men ham hayronman! Albatta.
Shu kechasi bir mahalgacha kulbada oyin-kulgi qilib otirishdilar. Tashqarida ham davom etdi. Men ozimni uxlaganga solib yotar edim. Yigitlar kelib, chiroqni yoqishgach, men togrimda tongillay-tongillay, otirishdi.
Kopchiligining kayfi bor edi. Kayfdagi odamning gapiga ishonish qiyin-u, lekin... ha-ha, osha, xuddi oylagan gapingiz boldi: pushaymonlik... E, biri qoyib, biri oladi, biri qoyib, biri...
Chamasi, hammasining ogzi tekkan ekan osha goshtga.
Azimjon akaning bir nidosi yodimda qoldi:
Biz ablahmiz! dedi ingrab. Kora-bila turib ablahlik qilamiz. Biz qanaqasiga ozbekmiz-a? Ana ularni ozbek desa boladi. Nima deding, Ormonjon?
Biz ancha buzilganmiz, deb pongilladi Ormon aka. Lekin hayotning oziyam majbur qiladi-da, kishini.
Ularni majbur qilmayapti-ku?
Nimaga?
Shu, endi... Balki pul yigib berarmiz-a?
Bolsa!
Keyin yana men haqimda gapirishdi. Bittasi, ovozidan bilolmadim, tik turgancha:
Shu Ergashvoyning ichiga tepsang-da dedi. Kozimga itdan battar korinyapti... Endi, bir umr kulib yuradi bizdan, yaramas. Yovvoyi...
Parvo qilma, dedi Ormonjon aka. Bunaqalar hayotda boladi...
Men bu hikoyani ozimni maqtash uchun aytmayapman. U yogini sorasangiz, hozir ulardan ham beshbattar bolganman: haqqimni yedirmayman. Har qanaqa avtoritetni odam demayman... Shu-shu. Hozir hammamizning kozimiz ochilib qolgan...
Ha, ertasi... laylak qor yogib turardi. Xuddi toglarda yogadigandek!
Kochada avtobuslar tizilib ketgan. Yigitlarning boshi osmonda. Nihoyat, universitet auditoriyalariga qaytishadi!
Ayvonda turgandim. Xaltam yonimda. Shu Botir chopon bilan xotiniga bir yaxshi gap, minnatdorchilik bildirgim kelardi. Men ularni juda yaxshi korib qolgandim-da!
Ha, kelib qolishdi.
Xush kordik! Sizlarga ming-ming rahmat, Ormonjon! dedi Botir chopon. Azimjon, sizgayam...
Hammalaringizga. Qaranglar, bir mayizni qirq bolib yeganday yashadinglar... Sizlarning qadringizga yetolmadik biz.
U kishi hamma bilan qol berib xayrlashdi-da, menga qolganda, burilib ketdi. Shunda ayoli ham xoshlasha boshladi. Qadoq qollarining uchini berib xoshlasha-xoshlasha menga yetganda, uyam burilib ketdi.
Men titrab-qaqshab ularning oldiga bordim.
Botir aka, opa... men sizlarni juda yaxshi koraman, dedim. Xafa bolmangizlar.
Yoq, siz bizni yaxshi kormaysiz, dedi xotini. Boshdan yomon korib edingiz.
Rost, uka. Pisand qilmadingiz bizni, dedi shunda chopon ham. Anavi yigitlar boshqacha...
Axir men sizlarni juda-juda hurmat qilaman.
Bekor gap, dedi ayol.
Ha, dedi eri.
Abduqodir menga yotsirab qarab turardi.
Shunaqa.
Xosh, bu yerda nimani kording, nima xulosaga kelding, deb sorarsiz?
Men bu yerda... oddiy-jaydari, sodda ozbekning kengligi, toporiligini kordim.
Ishonasizmi, avtobusga otirganimdan keyin sovuq oynadan laylakqorga qarab yiglar edim: ana shu ozbeklarning bagri kengligi uchun, ne-ne qiyinchiliklarga, faqirlikka qaramay, feli tor bolmagan, ajib-afsonaviy mehmondostligi instinkt kabi mavjud qolgani uchun... ichimda, ich-ichimdan quvonib yiglardim.
Uzr, suhbatimiz ozbek xarakteri haqida edi. Sizlar aytgan zor-zor hikoyalardayam haqiqat bor. Ammo mening bu jongina, oddiygina hikoyam konglimdan otgan narsa edi, azizim. Shuning uchun buning menga tasiri mutlaqo bolakcha.

1988


:

: 10320
:
  • 5

: