Men bilgan Shukur Xolmirzayev

05.12.08 | Xurshid


http//photoload.ru/data/67/32/71/673271cc47c1a4e77fe239ed4d28a7.jpg

Men bilgan Shukur Xolmirzayev
Author: Otash Xolmirzayev
Publisher: "O'zbekiston adabiyoti va sanati" gazetasi
Publication date: Noyabr 2007


Yozning ayni chillasi... Uyga kech qaytdim. Bir piyola choy ichib, endi yotishga choglangan ham edim-ki, kocha tarafdan darvozaning ustma-ust tarqillagani eshitildi. Chiqsam katta kochaning ortasida Volga mashinasi turar, uning yonida esa toladan kelgan yoshgina yigit bilan, shlyapa kiygan Shukur aka turardi.
Assalomu alaykum, xush kelibsizlar, dedim mehmonlarning qolini olib.

Siz bormasangiz ham, mana, men keldim, dedi Shukur aka meni bagriga olarkan, Toshkentdan salom, qalaysiz?

Rahmat, dedim Shukur akani quchgancha, bola-chaqalar, dostu yoronlarni soradim.

Bu kishi anjanlik, drama teatri rejissyori, qadrdon dostimiz, dedi yozuvchihamrohini tanishtirib.

Dasturxon atrofidagi suhbatimiz odatdagidek adabiyot mavzuidan boshlandi. Shukur aka biroz xayolga tolib kichik daftarchasidan nimanidir qidirganday boldi.

Ha, mana, baliqchilik Ismon baxshi bilan Husan Rajab oglini bilarsiz? dedi Shukur aka jilmayib.

Ha, baliqchilik Imomnazar baxshi, Ogil baxshilar haqida malumot toplaganman. Bilsangiz kerak: Andijonda Hoshimjon Razzoqov degan olim bor, u kishidan ham kop malumot olganman.

Men tadqiqotchilarga tasanno deyman. Agar ular bolmaganda, adabiyot ravnaq topmasdi. Dostonlarni yod aytuvchi xalq shoirlarini esa ardoqlash kerak... Song yana gapimiz xalq ogzaki ijodiga borib taqaldi.

Bizning Peshqorgon qishlogida ellikdan ortiq dostonchi otganini aytdim.

Rostdanmi? Shukur aka bir zum taajjublanganday boldi.

Ha, hatto dostonchilik maktabi ham bolgan. Kulbuqon dostonchilik maktabi orqali shakllangan, asli Jumaboy baxshidan boshlagan. Keyin 60-70-yillarda dovrug taratgan Razzoq baxshi, Abduaziz baxshi, Ismon baxshi, Mamasodiq va Omon baxshi, Qochqor, Suyar kabi onlab baxshilar otgan.

Shukur aka yana daftarchasini qoliga oldi.

Toxtang, kim dedingiz?

Men dostonchilardan ontasini sanadim. U kishi erinmay yozdi, keyin ruchkasini dasturxonga qoyib, yana menga yuzlandi. Balki birortasi bilan uchrashtirarsiz?

Ertaga Razzoq baxshi bilan uchrashsak boladi.

Bu, Razzoq baxshi deganingiz qancha doston biladi? Shukur aka oychan kozlari bilan men tomon boqdi.

Gorogli turkum dostonlarining qirqtasini, Alpomish dostonini mukammal biladi, undan tashqari Yozi bilan Zebo va Manas dostonidan parchalar aytadi, dedim. Adib hayratga tushganday toxtab qoldi.

Otash, meni juda qiziqtirib qoyding-da. Bugun uyqum kelmasa kerak yo tushimda ham osha Razzoq baxshini korib chiqaman. Yaxshisi uxlaylik, soat ham bir bopti-ya!

Ertalab Shukur aka barvaqt uygonib, Jahon bolalar adabiyoti turkumida chop etilgan kitoblardan birini oqiyotganini kordim.

Zap kitoblarda, shu bir yuzu besh tomning bari ozbek tiliga ogirilganda edi, dedi u yostiqqa suyangancha. Qiziq, tuni bilan Shandor Totan, Marli Kallogen, Petr Neznakomov, Janni Rodari... Eh-he qancha ajoyib hikoyalarni oqib chiqdim, lekin baribir Abdulla Qahhor hikoyalariga yetmaydi.

Men tashqariga chiqdim, xayolimda sevimli adibimizning mushhur hikoyalari jonlangandek boldi. Shukur aka aytganidek Abdulla Qahhor hikoyalarida ozbek degan millatning oziyu kozi, mehr-oqibatiyu butun tabiati mana-men deb kozga tashlanadi. Uning Ogri yoki Anor hikoyalarini oling. Qaysi obrazga murojaat qilmang bu ozimizniki, ozbekning ozi deyishga asos bor.

Nonushtadan song Shukur akaga vada berganimdek Razzoq baxshining uyiga yol odik. Baxshining uyi qishloqning Orariq hududida bolib, u yerlar adirlikdan iborat edi. Besh ming gektardan ortiq bu adirlikda qishloq aholisi bugdoy ekar, qoy-qozi boqishardi. Adirliklarda tekis yerlar ham anchagina edi. Bahor kelsa lolaga, kom-kok otlarga burkanar, yozda esa oltindek qayroqi bugdoylarga tolib toshardi. Qishda bu yerlar ov qilishga ham juda qulay. Shundanmi, qishda kakligu quyon, tulki ovlovchilar kopayardi.

Razzoq baxshining butun umri dehqonchilik bilan otgan. Bir vaqtlar toy-tomoshalarda doston aytib, odamlar konglini xushlagan dostonchi bugun olimu talabalarning suyuklisi edi.

Razzoq baxshi Shukur aka bilan xuddi eski qadrdonidek korishdi:

Siz togringizda Otash Mirzo aytib bergandi.

Rahmat. Otash sizni mashhur dostonchi dedi, aytingchi, qaysi doston bilan mashhur bolgansiz?

Alpomish bilan.

Unday bolsa osha bizning Alpomishdan eshitaylik.

Razzoq ota devorda osigliq turgan setorini oldi, song ancha vaqtgacha diringlatib sozladi, song xuddi otning dupurini eslatuvchi bir kuy boshladi. U shunday shiddat bilan chalardiki, bir quyun ot bostirib kelayotganday edi. Uning harakatlari yosh yigitning joshishiga oxshab ketardi. Bir zum soz chalishdan toxtadi, Shukur aka bolsa u kishi tomon intildi.

Kechirasiz, bu ot tuyogining ovozini qanday chiqardingiz? deb adib setorni qoliga oldi. Razzoq ota oppoq soqolini silagancha kulib qoydi-da:

Xop, endi Alpomishdan aytsam aytay, dedi. Setorini yana bir-ikki diringlatdi-da bir termani boshlab yubordi.

Birdam aytay otgan bilan ketgandan,

Yurtin suyib, qosh-qaboqda tutgandan.

Dasturxonlar yozib, katta toy qilib,

Shukurjonni mehmon qilib kutgandan.

Shukur aka dostonning bu holatda boshlanishini kutmagan ekanmi, bir qozgoldi, keyin ikki qolini bir-biriga urib qoydi va Razzoq baxshiga termulib qoldi...

Baxshi setorini yerga qoyib, bir qoli bilan ikkinchi qolini silab turaverdi. Shunda Shukur aka boshidagi shlyapasini olib, hayron qolib, dostonchiga:

Ota, men ham sher bitganman, ammo bugun yozuvchiman, shunday ekan men siz kabi sher toqiy olmayman, agar rozi bolsangiz Alpomishdan ozgina aytib bersangiz, dedi.

Ha, yashang, dedi baxshi yana setorini olib sozlarkan, aytsam aytay, mayli sizning hamyurtingiz, bizning ham hamqishlogimiz Alpomishdan aytay. U endi setorini boyagidan ham qattiqroq chaldi, keyin shiddat bilan doston aytishni boshlab yubordi.

...Hay, shunday qilib, juda qadim zamonda, Qongirot degan tomonda, ota-bobolarimiz kochmanchi chorvador bolgan zamonda Dobonbiy degan otdi...

Shukur aka dostonni berilib tinglar, bazan men tomonga boqib, doston satrlarini yozayotgan qolimga termulgancha xayol surardi. Men qalamni dasturxonga qoydim. Oshanda kech bolgandi, ammo Razzoq baxshi hamon kuylardi. Shukur aka bolsa bir nuqtaga termulib turardi. Buni Razzoq baxshi ham sezdi-da setor chalishdan toxtadi.

Qolingiz tolmadimi, ishqilib? dedi jilmayib baxshi. Men Razzoq otaning charchoq kozlariga boqib:

Organib ketgan dedim.

Unday bolsa ovqatga. Omonbiy taomni keltir. Xonaga kosada shorva kotarib, Mamasodiq baxshi kirib keldi. Shukur aka bolsa qolidagi ruchkasini dasturxonga qoyib, bir nima yodiga tushganday men tomon ogirildi:

Ajoyib, biz bir sherni yod olishga qiynalamiz, bular bolsa soatlab yoddan doston aytadi. Bu bir mojiza. Bunday iqtidor hammaga ham nasib qilavermaydi.

Bu hali holva, Gorogli dostonini Malik Murodov, Toxtamurod Zufarov, Tamara Borovkovalar kelishganda ikki kechayu-kunduz yozishgan. Qollari chidamay turib ketishgan. Yaxshiyam oshanda dostonni magnitafonga ham yozib olgan edik, bolmasa matn chala bolardi.

Shukur aka eski vassalik uyning shiftiga, keyin tokchalarga terib qoyilgan choynak va piyolalarga nazar tashladi, ammo u avval Razzoq baxshiga, keyin kosada shorva kotarib kelayotgan Omon baxshiga boqdi, goyo u kishini birinchi marta korayotganday turib qoldi. Omon aka buni sezdi, keyin oppoq soqolini siladi.

Bizning Surxonda ham odamlar shunaqa sodda yashashadi, dedi Shukur aka qolidagi qalamini daftari ustiga urib, joylaringizu hovlilar, odamlardagi soddalik xuddi bizning odamlarga oxshashadi. Faqat kiyimlarda ozgachalik bor, xolos.

Osha kuni Shukur aka anchagacha oychan yurdi. Biroq u nimalar haqida oylardi, nimalarni mulohaza qildi bilib bolmasdi. Sababi Shukur aka juda kamgap, sodda, samimiy, mulohazali, biror narsani korsa tag-tugi bilan bilishga qiziqadigan odam edi. Yana bir narsani sezdimki, Shukur aka oz asarlari haqida biror ogiz sozlamasdi. Yoki biror kishi falon hikoyani ja zor yozibsiz-da deyishsa, u kishi faqat jilmayar, ayrim yozuvchilar singari gapni olib qochmasdi.

Kechki payt uyga qaytdik. Toshkentdan kelgan domlalarni ham uyga taklif qildik. Qizigi folklor ekspeditsiyasi bilan kelgan talabalar orasida Shukur akaning qizi Surayyo Xolmirzaeva ham bor ekan. Ikki kundan beri birga boldig-u, adibimiz biror marta siz mehmon qilayotgan domlalaru ottizta talaba ichida mening qizim ham bor, demadilar.

Ertasiga dostim Sultonning taklifi bilan Qirgizistonning Ariqboyi qishlogi yuqorisidagi chiroyli bir manzilga chiqdik. Havosi shu qadar musaffo ediki, ertadan kechgacha bulbullar sayrab yotardi. Baland tog tomonga ketgan soqmoq yol juda tor bolishiga qaramay qoya toshlar oralab yurgan yovvoyi kiyigu hatto arslon va sherlarni ham uchratish mumkin edi. Ayniqsa kaklik kop...

Qirgizlarning bir odati bor, ular davraga kirishsa gapdon, qoshib-chatishga juda usta bolishadi. Manaschilar bilan uchrashib, dostonni kuylatib korilganda har safar yangi-yangi misralar qoshganliklari, hatto yetti kecha, yetti kunduz aytib ham dostonni tugata olmaganlarini kuzatganmiz. Oz ovuli, yurti haqida birorta yomon gap aytsangiz, darrov xafa bolishadi. Yana bir yaxshi tomoni yetti avlodini tokis bilishlarida.

Dostlarimiz qirgiz adabiyoti tugul ozbek adabiyoti haqida ham ancha malumotga ega ekan. Matematika oqituvchisi Suvonqul Akimov shunday deydi: Dunyoda ikki yuzdan ortiq davlat bor, mingga yaqin millatu elat mavjud. Ularning madaniyat darajasi ona tilini yaxshi bilishi, urf-odatlarini yaxshi ozlashtirganligi, ayniqsa, xalq ogzaki ijodini mukammal bilishlari bilan belgilanadi. Shu bois qirgizlar Manas dostonini tola bilishi va kamida bir-ikki sahifani yoddan aytishi kerak bolmasa u qirgiz emas. Men bu udumga juda havas qildim.

Shukur aka bu haqda nima der ekan, deb oylab turgan edim, adibning ozi soz boshlab qoldi:

Yaxshi gap, havas qilsa arziydi, qani endi bizda ham Alpomish dostonini hamma bilsa, uyida Alpomish dostonini Quronni saqlagandek saqlashsa...

Kechki payt uyga qaytdik. Shukur aka oz taassurotlarini ortoqlashgisi, korganlarini maroq bilan sozlagisi kelardi. Buni men Temur aka Shukur akani Nanay oromgohiga taklif qilgan kuni ham sezdim. Nanay tepasidagi Koksaroyga borganimizda uzoq-uzoqlarga chozilib ketgan toglar-u zilol suvli soylardan Shukur akaning hayratiga hayrat qoshildi.

Eh-he... dedi u, sizlarda hamma irchi, hamma shoir bolishi kerak. Tumanlaringdan kimlar ijodkor bolib yetishgan?

Men Shukur akaning bu savoliga javob izladim. Xosh, kimlar bor ozi? Robitdin Ishoq, Jora Rahim, Xolmirza Yunus, Nurxon Nabijonov, Qozoqjon Mahmudov, Yusuf Qirgiz, Murod Aziz, Mahmudjon Mamurov, Aloxon Goziev, Abdurahmon Nasritdinov. Shu nomlarni sanadimu toxtab qoldim. Shukur aka bu shoirlarning birortasini tanimaganidanmi, boshidan shlyapasini olib, bir zum kozimga tikilib qoldi. Adib bir korgan kishiga juda kamgap odamday tuyulardi. Ilk marotaba Toshkentda uchrashganimda ozimga ozim, juda sodda odam ekanmi? degan savolni bergan edim. Keyinchalik esa Shukur akaning juda kop qirralarini kashf qildim. Uning ichki dunyosi toza, samimiy, zukko, mehr-oqibatli inson bolishiga qaramay, ammo haqni haq deydigan oziga xos qaysarligi ham bor edi. Lenin uchquni gazetasida chop etilgan Oq otli qissasida qishloq bolalarining hayoti, Tolqinlarda inson taqdiri, On sakkizga kirmagan kim borda osha davr yoshlarining hayoti ishonarli tasvir etilgan. Oshanda biz yozuvchining badiiy adabiyotdagi orni haqida kop bahslashgan edik.

Keyinchalik adibning Olis yulduzlar ostida, Ogir tosh kochsa kitoblari chop etildi. Endi u maqtasa arzigulik yozuvchiga, Abdulla Qahhor tabiri bilan aytganda, hikoyachilikning ustasiga aylangan edi. Yozuvchi dilida hali yozilishi kerak bolgan, oz-moz qoralab qoyilgan asarlar ham kop edi. Bu haqda Koksaroy dam olish zonasida bolgan kichik uchrashuvda ham aytgandi. Bodom qishda gulladi kitobiga kirgan hikoyalar haqida berilgan savollarga javob berayotib bu hikoyalarga kirgan kopgina voqealar qissa yoki roman bolishi ham mumkin, degandi.

Dam olish zonasidan qaytayotib, Zarkent qishlogiga ham qonib otdik. Shukur aka Zarkentning Tegirmon choyxonasida oltirarkan, har tomondan aylanib oqayotgan zilol suvlar, mehmondost ortoqlardan xursand bolib ketdi. Qozoqjon aka bir necha yil Namangan institutida chet el adabiyotidan dars bergani uchun bolsa kerak, suhbatimiz mavzui dunyo adabiyoti sari burildi. Oshanda gap orasida yozuvchi bir roman yozmoqchi ekani, uning nomi balki Olaboji bolishi mumkinligini ham aytib otgandi.

Keyin Qozoqjon aka faxr bilan qishlogini, anhorlar boyida joylashgan dam olish lagerlari, oqigan maktabini ham ziyorat qilishga undadi. Gap orasida Mirzolim Ibrohimov, Ahmadjon Meliboev, Tursunboy Adashboevlar ham shu maktabda tahsil olganlarini sozladi. Shukur aka bu nomlarni eshitgach jonlandi, Qozoqjon akaning qolini qayta-qayta qisib qoydi. Bu menga turtki boldi. Ertasiga men qadimiy qishlogimiz Peshqorgonni, uning korki bolgan Baliqlikol va Sutlibuloq ziyoratgohlarini korsatdim. Shukur aka juda xursand edi. Nihoyat peshqorgonliklar bilan xayrlashish oni kelganida biroz xomush tortganday boldi. Andijon Toshkent poezdiga chiqayotganda esa meni mahkam bagriga bosdi. Keyin qandaydir mung bilan dedi: Otash, rahmat, bu otgan uch kunimdan juda roziman, sengayu barcha dostlarga rahmat...

* * *

Men hayotim davomida Shukur Xolmirzaev ijodini organishga, uning har bir asarini sinchiklab oqishga harakat qildim. Barcha asarlarida osha biz korgan, gaplashgan odamlar qalamga olinganiga iqror boldim. Ha, men bilgan Shukur Xolmirzaev oz xalqining suyukli farzandi, imonli va etiqodli inson, mehribon ota sifatida hamisha oramizda yurgandek. Uning boqiy hayoti, ehtimol, shundadir.

:

: 8032
:
  • 5

: